Xakimova Yoqutxon Toxirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy talim muassasalarida masofaviy o‘qitishing didaktik taminotini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1043. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Yermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalarni masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi komponentlarini fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olishga iaratilgan o‘zaro mazmunli moslashtirish, kasbiy kompetentlikka va shaxsga pedagogik ta’sir natijalarini pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligini bashoratlash asosida rivojlantirilgan;
masofaviy ta’limni joriy etish bosqichlari tashkiliy-gnostik faoliyatli, kreativ-refleksiv psixologik komponentlarini, o‘zini o‘zi rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini diagnostik loyihalashtirish hamda subekt-ob’ekt munosabatlarini pedagogik mobillik xususiyatlrga ko‘ra bosqichma-bosqich qurish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti modeli ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan moslashtirish, ta’limning imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlariga rivojlantiruvchi-dinamik ustuvorlik berish hamda talabalarning o‘zlashtirganlik darajasini ob’ektiv baholash asosida takomillashtirilgan; 
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti aralash voqelik texnologiyalarini ta’limiy dasturlashga ustuvorlik beruvchi ierarxik paradigmani indvidual kombinatsiyalash natijalariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy talim muassasalarida masofaviy o‘qitishing didaktik taminotini takomillashtirish bo‘yicha asosida:
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi komponentlarini fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olishga iaratilgan o‘zaro mazmunli moslashtirish, kasbiy kompetentlikka va shaxsga pedagogik ta’sir natijalarini pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligini bashoratlash asosida rivojlantirishga oid takliflar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabirdagi 538-son buyorug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy talim muassasasi talabalarini masofaviy o‘qitishning didaktik taminotini takomillashtirishda pedagogik-psixologik imkoniyatlarini taxlil etish imkoni oshirilgan;
masofaviy ta’limni joriy etish bosqichlari tashkiliy-gnostik faoliyatli, kreativ-refleksiv psixologik komponentlarini, o‘zini o‘zi rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini diagnostik loyihalashtirish hamda subekt-ob’ekt munosabatlarini pedagogik mobillik xususiyatlrga ko‘ra bosqichma-bosqich qurish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabirdagi 538-son buyorug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy talim muassasasi talabalarini masofaviy o‘qitishning didaktik taminotini takomillashtirish bosqichlarini aniqlashga erishilgin;
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti modeli ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan moslashtirish, ta’limning imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlariga rivojlantiruvchi-dinamik ustuvorlik berish hamda talabalarning o‘zlashtirganlik darajasini ob’ektiv baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabirdagi 538-son buyorug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy talim muassasasi talabalarini masofaviy o‘qitishda talim berishning didaktik taminoti modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
masofaviy o‘qitishning didaktik ta’minoti aralash voqelik texnologiyalarini ta’limiy dasturlashga ustuvorlik beruvchi ierarxik paradigmani indvidual kombinatsiyalash natijalariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ishlanmalar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabirdagi 538-son buyorug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy talim muassasasi talabalarini masofaviy o‘qitishning didaktik taminotini portal texnologiyalari asosida takomillashtirish imkoni oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish