Bozarov Sardor Soxibjonovichning
fan doktori dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sun’iy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Yu181.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjayev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Aminjonova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xamroqulov Bahodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt tushunchasi, yuridik mohiyati va tabiati, uning turli sohalarda qo‘llanilishining huquqiy shakllari va javobgarligi masalalarini ochib berish, sohaga oid nazariyani rivojlantirish va amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim ostida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maxsus huquqiy rejim tushunilishi asoslantirilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda maxsus rejim ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va maxsus rejimning ishchi organi tomonidan yuritiladigan maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs, shu jumladan ilmiy tashkilot tan olinishi asoslantirilgan;
maxsus rejim ishtirokchilari maqomini olishga talabgorlar mazkur maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olishga ariza bergan yuridik shaxslar, shu jumladan, ilmiy tashkilotlar hisoblanishi asoslantirilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim ishtirokchi tashkilotini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari sifatida maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olish uchun taqdim qilingan ma’lumot va hujjatlarda keyinchalik ularning to‘liqligi, xolisligi va to‘g‘riligi bo‘yicha asosli kamchiliklar aniqlanishi, maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati loyiha doirasida ko‘rsatilgan faoliyat turlariga muvofiq emasligi hamda ishchi organ bilan tuzilgan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmasligi asoslantirilgan;
identifikatsiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning rasmiy ma’lumotlar manbai va u orqali olingan ma’lumotlar davlat organlari, banklar, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni masofaviy identifikatsiya (autentifikatsiya) qilishning asosi hisoblanishi asoslantirilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maxsus huquqiy rejim tushunchasi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim ostida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maxsus huquqiy rejim tushunilishi yuzasidan takliflari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarori bilan tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘grisidagi Nizomning 3-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qonunchilikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash maxsus rejimi huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda maxsus rejim ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va maxsus rejimning ishchi organi tomonidan yuritiladigan maxsus rejim ishtirokchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs, shu jumladan ilmiy tashkilot tan olinishi yuzasidan takliflari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
29-noyabrdagi 717-son qarori bilan tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘grisidagi Nizomning 3-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qonunchilikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash maxsus rejimi ishtirokchilari tushunchasi va ularning huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
maxsus rejim ishtirokchilari maqomini olishga talabgorlar – bu mazkur maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olishga ariza bergan yuridik shaxslar, shu jumladan, ilmiy tashkilotlar hisoblanishi yuzasidan takliflari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarori bilan tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘grisidagi Nizomning 3-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash maxsus rejimi ishtirokchilari talabgorlari tushunchasi va huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim ishtirokchi tashkilotini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari sifatida maxsus rejim ishtirokchisi maqomini olish uchun taqdim qilingan ma’lumot va hujjatlarda keyinchalik ularning to‘liqligi, xolisligi va to‘g‘riligi bo‘yicha asosli kamchiliklar aniqlanishi, maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati loyiha doirasida ko‘rsatilgan faoliyat turlariga muvofiq emasligi hamda ishchi organ bilan tuzilgan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyat shartlari to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yuzasidan takliflari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarori bilan tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘grisidagi Nizomning 23-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi maxsus rejim ishtirokchi tashkilotini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslarini belgilashga xizmat qilgan;
identifikatsiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning rasmiy ma’lumotlar manbai va shu orqali olingan ma’lumotlar davlat organlari, banklar, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni masofaviy identifikatsiya (autentifikatsiya) qilishning asosi hisoblanishi to‘g‘risidagi taklifi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi “Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 679-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratishga qaratilgan maxsus huquqiy rejim tushunchasi yuzasidan bergan taklif Vazirlar Mahkamasining tashabbusi asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy kilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-son qarori 2-bandining “a” kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 16-sentabrdagi 12/21-66-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qonunchilikda Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimning ilmiy asoslangan tushunchasini belgilashga xizmat qilgan.