Xamraqulov Serobjon Solievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston davriy matbuotida xorijiy mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning yoritilishi (1918-1924 yillar)”, 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3. PhD/Tar567.
Ilmiy rahbar: Mingnorov Abduholiq Toshmirzaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaeva Shohista Mamajonovna, tarix fanlari doktori, professor; Pasilov Boxodir Abdullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1918-1924 yillarda nashr etilgan Turkiston davriy matbuoti orqali xorijiy mamlakatlarda ro‘y bergan iqtisodiy va siyosiy jarayonlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1918–1924 yillarda Toshkent, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida sovet mafkurasidan holi bo‘lgan “Turk so‘zi” , “Xalq dorilfununi”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston”, “Chayon”, “Cho‘li chayon”, “Ishchilar dunyosi”, “Izhor ul - haq”, “Bayon ul – haq” nomlari ostida gazeta va jurnallar chop etilgani aniqlangan;
Turkiston davriy matbuoti nashrlariga 1918-1924 yillarda O. Klibleev, Hoji Muin, A. Donskoy, T. Ashurxo‘jaev, Kabir Bakir, U. Alimuhammedov, G‘ozi Yunus, Usmonxon, Abdulxay Toji, Ismoilzodalar muharrrirlik qilganligi va ular xorij mamlakatlarida ro‘y bergan iqtisodiy-siyosiy jarayonlarni yoritib berishda muhim o‘rin tutganligi ochib berilgan;
Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlarda sodir bo‘lgan chegaraviy nizolar, iqtisodiy inqiroz, siyosiy ziddiyatlar masalasi “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Zarafshon”, “Inqilob” nomli gazeta va jurnallarda nashr etilgan ma’lumotlar asosida dalillangan;
“Yangi Sharq”, “Darxon”, “Xalq gazeti”, “Zarafshon”, “Farg‘ona”, “Inqilob”, “Bilim o‘chog‘i”, “Bolalar dunyosi”, “O‘zgarishchi yoshlar”, “Qizil yo‘l” nomli gazeta va jurnallarda eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida nashr etilgan diplomatik munosabatlar, iqtisodiy aloqalarga oid materillar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston davriy matbuotida xorijiy mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning yoritilishi (1918-1924 yillar) mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Turkiston davriy matbuoti nashrlariga 1918-1924 yillarda O. Klibleev, Hoji Muin, A. Donskoy, T. Ashurxo‘jaev, Kabir Bakir, U. Alimuhammedov, G‘ozi Yunus, Usmonxon, Abdulxay Toji, Ismoilzodalar muharrrirlik qilganligi va ular xorij mamlakatlarida ro‘y bergan iqtisodiy-siyosiy jarayonlarni yoritib berishda muhim o‘rin tutganligi ochib berilgan ilmiy tadqiqot xulosalaridan Qo‘qon shahar “Allomalar muzeyi” fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy Meros agentligini 2022 yil 12 avgustdagi 02-01/2487 – son ma’lumotnomasi). Natijada muzey fondi 1918-1924 yillarda Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida nashr etilgan gazeta va jurnallar nomi, ularda e’lon qilingan maqolalar mazmuni bilan boyitilgan hamda ayrim materillar ko‘rgazmaga qo‘yilgan;
Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlarda sodir bo‘lgan chegaraviy nizolar, iqtisodiy inqiroz, siyosiy ziddiyatlar masalasi “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Zarafshon”, “Inqilob” nomli gazeta va jurnallarda nashr etilgan ma’lumotlar asosida dalillanganligi hamda “Yangi Sharq”, “Darxon”, “Xalq gazeti”, “Zarafshon”, “Farg‘ona”, “Inqilob”, “Bilim o‘chog‘i”, “Bolalar dunyosi”, “O‘zgarishchi yoshlar”, “Qizil yo‘l” nomli gazeta va jurnallarda eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida nashr etilgan diplomatik munosabatlar, iqtisodiy aloqalarga oid materillar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilganligi yuzasidan takliflar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Nodir nashrlar” fondida saqlanib kelinayotgan matbuot organlari, mahalliy manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni raqamlashtirilgan kutubxona yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022 yil 23 iyundagi 02 – 20 /642-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar milliy ziyolilar faoliyatini manbalar asosida yanada kengroq o‘rganishga, jadidchilik tarixini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etgan$
1918–1924 yillarda Toshkent, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida sovet mafkurasidan holi bo‘lgan “Turk so‘zi” , “Xalq dorilfununi”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston”, “Chayon”, “Cho‘li chayon”, “Ishchilar dunyosi”, “Izhor ul - haq”, “Bayon ul – haq” nomlari ostida gazeta va jurnallar chop etilganiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 3 martdagi 06-31-539-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar tomoshabinlarga Turkistonda mazkur davrda chop etilgan gazeta va jurnallar, ularda xorijiy mamlakatlarda ro‘y bergan voqealarni qay darajada yoritilganligi to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlar etkazib berishga xizmat qilgan.