Sattorov Sanjar Abdumurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2178.
Ilmiy rahbar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Timur Murotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik– texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini ekonometrik baholashni takomillashtirish va istiqbolli rivjlanishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini demografik ko‘rsatkichlar, infratuzilma bilan ta’minlash, turmush darajasi, iqtisodiyot bloklari bo‘yicha indikatorlarining 5 balli shkala bo‘yicha baholash yondashuvi taklif etilgan;
tumanlar notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajalarini Denov (“juda yaxshi - 0,8I1,0”), Sho‘rchi (“o‘rta - 0,4I<0.6”) va Qiziriq (“juda yomon - 0,0I<0,2”) tumanlari bo‘yicha baholash asoslanib, ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
hududlarda xo‘jalik faoliyatining blokli sanoat xususiyatiga asoslangan holda mahalliylashtirish koeffisiyenti 0,85I<1,5 nisbatiga ko‘ra hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash yondashuvi taklif etilgan;
hududlar iqtisodiy rivojlanishining tengsizligini kamaytirish bo‘yicha taklif etilgan chora-tadbirlarni e’tiborga olgan holda viloyat hududlarini 2022-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p omilli baholash prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini demografik ko‘rsatkichlar, infratuzilma bilan ta’minlash, turmush darajasi, iqtisodiyot bloklari bo‘yicha indikatorlarining 5 balli shkala bo‘yicha baholash yondashuvi taklifidan Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-02/2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi takomillashtirilgan baholash algoritmi bo‘yicha eng past rivojlan-gan Bandixon tumani va eng rivojlangan Denov tumanlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik darajasi 0,3 foizga qisqartirish, baholashning 5 balli shkalasi bo‘yicha Denov tumani 0,3 ball, Sho‘rchi 0,1 ball, Jarqo‘rg‘on-0,5 ball, Qiziriq tumani-0,9 ball va Bandixon tumani-0,8 ballga ko‘ra ular o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar natijadorligi darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
tumanlar notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajalarini Denov (“juda yaxshi - 0,8I1,0”), Sho‘rchi (“o‘rta - 0,4I<0.6”) va Qiziriq (“juda yomon - 0,0I<0,2”) tumanlari bo‘yicha baholash va ekonometrik modellar bo‘yicha taklifdan Surxondaryo viloyat hokimining 2022 yil 31 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-02/2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tumanlar aholi turmush darajasi 0,12 foizga, bandligi 0,17 foizga va iqtisodiy barqarorlikka erishish darajasi 0,13 foizga oshirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratgan;
hududlarda xo‘jalik faoliyatining blokli sanoat xususiyatiga asoslangan holda mahalliylashtirish koeffisiyenti 0,85I<1,5 nisbatiga ko‘ra hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash yondashuvi bo‘yicha taklifdan Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 15 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 30-8-0-Q/21-con qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-02/2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi viloyatda yetishtiriladigan mahsulotlar hisobiga hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi tengsizlik darajalarini 0,11 foizga kamaytirishga erishish mumkinligi asoslangan;
hududlar iqtisodiy rivojlanishining tengsizligini kamaytirish bo‘yicha taklif etilgan chora-tadbirlarni e’tiborga olgan holda viloyat hududlarini 2022-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p omilli baholash prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifdan Surxondaryo viloyat hokimi-ning 2021 yil 27 avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-8-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-02/2550-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi 2030 yilgacha bo‘lgan Surxondaryo viloyati hududlarini kambag‘allikdan chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish monitoringi natijalarini ilmiy asosda baholash darajasini oshirishga xizmat qilgan.