Mirsagatov Kaxramon Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolarini sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari”, 12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu542.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Esanova Zamira Normurotovna, yuridik fanlar doktori, professor; Quchkarov Xamidullo Abdurasulovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sudlarda ishga tiklash to‘g‘risidagi nizoli ishlarni ko‘rish va hal etish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mehnatga oid nizolar tushunchasi mualliflik yondashuvi asosida ishlab chiqilib, bunda “mehnatga oid nizolar deganda ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoxud xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar tushunilishi zarurligi, mazkur ta’rifning asoslarini ish beruvchi va xodim o‘rtasida, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tashkil qilishi asoslantirilgan;
ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolarini hal etishda mediatsiya institutini qo‘llash imkoniyatlari asosida mehnat qonunchiligida ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarga nisbatan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini qo‘llash, ushbu tartib-taomillar nizolarni yarashtirish komissiyasi tomonidan, mediator ishtirokida hamda mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishini mustahkamlash zarurati asoslab berilgan;
da’vo xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat nizolari kabi ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning har qanday bocqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida ular tomonidan o‘zaro maqbul yechimga erishish maqsadida vositachining yordami bilan nizolarni hal qilish tartib-taomili qo‘llanilishini qonunchilikda belgilash asoslangan;
ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizosi sudda ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishdan oldin “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi normani qonunchilikda belgilash taklifi asoslab berilgan;
ishga tiklash to‘g‘risidagi nizoli ishlarni sudda ko‘rilishida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligini ta’minlash maqsadida ish beruvchining mehnat bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni (ishga olish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq nusxalari, mehnat daftarchasidan ko‘chirma, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot, hisoblangan va amalda xodim tomonidan to‘langan soliqlar va majburiy to‘lovlar, ushbu ish beruvchi bilan ishlash davri va hokazolarni) xodimga taqdim etish tartibi va aniq muddatini belgilovchi normani qonunchilikka kiritish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan: 
mehnatga oid nizolar tushunchasi mualliflik yondashuvi asosida ishlab chiqilib, bunda “mehnatga oid nizolar deganda ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoxud xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar tushunilishi zarurligi, mazkur ta’rifning asoslarini ish beruvchi va xodim o‘rtasida, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tashkil qilishiga doir konseptual g‘oya va takliflar “Fuqarolik protsessual huquqi” nomli darslikda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-443-son dalolatnoma). Bu esa mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan yuridik oliy ta’lim muassasa-larining talabalari va tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari, malaka oshirish markazi tinglovchilari, shuningdek mehnatga oid nizoli ishlarni ko‘rish va hal qilish vakolatiga ega organlar xodimlarining bilim, mahorat va ko‘nikmalari shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolarini hal etishda mediatsiya institutini qo‘llash asoslari va tartibini qonunchilikda belgilash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi 542, 545-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 
14 oktyabrdagi 27/2–244-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarga nisbatan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini qo‘llash, ushbu tartib-taomillar nizolarni yarashtirish komissiyasi tomonidan, mediator ishtirokida hamda mehnat arbitrajida qulay va soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga xizmat qilgan;
da’vo xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat nizolari kabi ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning har qanday bocqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi acocida ular tomonidan o‘zaro maqbul yechimga erishish maqsadida vositachining yordami bilan nizolarni hal qilish tartib-taomili qo‘llanilishini belgilash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi 542-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 
14 oktyabrdagi 27/2-244–22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning muqobil usullarini qo‘llash orqali nizolarni tez va samarali hal etishga xizmat qilgan;
ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolarini sudda ko‘rishning har qanday bocqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi acocida ular tomonidan o‘zaro maqbul yechimga erishish maqsadida vositachining yordami bilan nizolarni hal qilish tartib-taomili qo‘llanilishini belgilash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi 580-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 2/2-244–22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi da’vo xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishning har qanday bocqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi acocida ular tomonidan o‘zaro maqbul yechimga erishish imkonini bergan;
ish beruvchining mehnat bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni xodimga taqdim etish tartibi va muddatini nazarda tutuvchi normani qonunchilikka kiritish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi 117-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 12 oktyabrdagi 12-4–59-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sudda ishga tiklash to‘g‘risidagi nizoli ishlarda ishtirok etuvchi taraflar (ish beruvchi va xodim)ning teng huquqliligi va tortishuvini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish