Ikanov Azamat Agzamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Suisidal terrorizmning kriminologik va profilaktik jihatlari”, 12.00.08 -“Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” va 12.00.14 - “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash, Probatsiya faoliyati” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Yu265.
Ilmiy rahbar: Fozilov Ikrom Yusupovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyarov Shuxrat Namazboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda suisidal terrorizmga qarshi kurashning kriminologik va profilaktik vositalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstremizm, terrorizm, separatizm tavsifidagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni (suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni) masofaviy ta’lim shaklida o‘qitish tartibini joriy etish asoslab berilgan;
jamoat joylarida shaxslarning tashqi qiyofasi va xulq-atvorini psixologik baholash orqali suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash hamda ularni zararsizlantirishni nazarda tutuvchi “profayling texnologiyasi”ni qo‘llash asoslangan;
suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish faoliyatini xronologik tartibdagi manzilli tadbirlar belgilangan deradikalizatsiya algoritmi asosida amalga oshirish asoslangan;
suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarning kriminologik portreti namunasini ishlab chiqish orqali ularning xulq-atvorini yagona yondashuv asosida baholash asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
ekstremizm, terrorizm, separatizm tavsifidagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni (suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni) masofaviy ta’lim shaklida o‘qitishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi (13.05.2020 y. ID-17741) 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 13-son xulosasi). Ushbu taklifning joriy etilganligi mahkumlarning ta’lim olishiga ko‘maklashish orqali ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni shakllantirishga va yangi jinoyat sodir etishining oldini olishga xizmat qilgan;
jamoat joylarida shaxslarning tashqi qiyofasi va xulq-atvorini psixologik baholash orqali suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash hamda ularni zararsizlantirishni nazarda tutuvchi “profayling texnologiyasi”ni qo‘llash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining ilmiy asoslarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.01.2022 y. 4/4qq/5qq/1qq/2/2-son) 6-xatboshi, b) bandi, 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2022 yil 14 fevraldagi 920-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi suisidal terrorizmning barvaqt oldini olish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish faoliyatini deradikalizatsiya algoritmi asosida amalga oshirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 – 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi”ning 34-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 1-son xulosasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish tadbirlarini yagona samarali yondashuv asosida va manzilli amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
suisidal terrorchilik harakatini sodir etishga moyil shaxslarning kriminologik portreti namunasini ishlab chiqish orqali ularning xulq-atvorini yagona yondashuv asosida baholashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi (28.12.2021 y. ID-54875) 48-moddasi (probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik portreti)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 3-son xulosasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mahkumlarning shaxsi va xulq-atvoridagi o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qilgan.