Kamalov Azamat Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabaqalashtirilgan  yondashuv asosida masofaviy ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3766.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Otajonov Jamshidbek Mashrabjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabaqalashtirilgan yondashuv asosida masofaviy ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha talabalarni o‘qitishning pedagogik imkoniyati virtual muloqot olib borishga individual-psixologik ta’sir, elektron ta’lim muhitining doimiy ichki va ob'ektiv tashqi omillari, onlayn munosabat yuritishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi amaliy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etish modeli muayyan dasturiy belgi va sifatlariga ko‘ra tanlov guruhlarini shakllantirish, kutilayotgan natija hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining o‘zaro faoliyatini strukturaviy va dinamik axborotlar algoritmlari bilan raqamli texnologiyalarga idientiv uyg‘unligini uzluksiz va barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim shakli asosida talabalarni o‘qitish jarayoni “Kompyuter ta’minoti” fani mazmunini sinxron va asinxron ta’lim jarayonlari, navigatsiya tizimi hamda ilovalarni profilli tabaqalashtirish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish algoritmini hamkorlik faoliyat darajalariga faktorli tahlil natijalariga ko‘ra bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etish metodikasi didaktik maqsadlarning umumiy tavsifi, o‘qitishning oddiydan-murakkablikka qaratilganligi, interaktiv faoliyat mahsuldorligi hamda ijodiy-intellektual faoliyat parametrlari yaxlitligi produktiv va kognitiv usullarni dinamik moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabaqallashtirilgan yondashuv asosida masofaviy ta’lim tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha talabalarni o‘qitishning pedagogik imkoniyati virtual muloqot olib borishga individual-psixologik ta’sir, elektron ta’lim muhitining doimiy ichki va ob'ektiv tashqi omillari, onlayn munosabat yuritishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi amaliy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar  “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538 son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning masofaviy ta’lim shakl elementlarini  qo‘llash orqali  informatikaga o‘qitish  imkoniyati yaratilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etish modeli muayyan dasturiy belgi va sifatlariga ko‘ra tanlov guruhlarini shakllantirish, kutilayotgan natija hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining o‘zaro faoliyatini strukturaviy va dinamik axborotlar algoritmlari bilan raqamli texnologiyalarga idientiv uyg‘unligini uzluksiz va barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538 son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada masofaviy ta’lim elementlarini xisobga olgan holda talabalarni  informatikaga o‘qitishning tabaqalashtiruv shakllarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
masofaviy ta’lim shakli asosida talabalarni o‘qitish jarayoni “Kompyuter ta’minoti” fani mazmunini sinxron va asinxron ta’lim jarayonlari, navigatsiya tizimi hamda ilovalarni profilli tabaqalashtirish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish algoritmini hamkorlik faoliyat darajalariga faktorli tahlil natijalariga ko‘ra bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538 son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, masofaviy ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan elektron nashrlar takomillashtirilgan;
masofaviy ta’limni tashkil etish metodikasi didaktik maqsadlarning umumiy tavsifi, o‘qitishning oddiydan-murakkablikka qaratilganligi, interaktiv faoliyat mahsuldorligi hamda ijodiy-intellektual faoliyat parametrlari yaxlitligi produktiv va kognitiv usullarni dinamik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538 son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada masofaviy ta’limda tabaqalashtirilgan ta’lim berish asosida talabalarning individual xususiyatlarini maksimal darajada rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish