Pulatova Nozima Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik jihatlari», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1049.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isaqulova Nilufar Janiqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik jixatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligi kommunikativ-ijodiy muhitni iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravishda yaratish, ma’suliyat va moslashuvchanlik sifatlarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi axborot-texnologik jarayonlarni tadrijiy va intensiv jadallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish jarayoni ish tajribasi, psixologik tayyorgarlik va individual kasbiy ehtiyojlarga mos tabaqalashgan o‘quv faoliyatini ta’lim maqsadlariga mos rivojlantiruvchi va ijodiy faoolikni oshiruvchi topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy yo'nalganlik, adolatlilik, jamoa ishonchi, samarali hamkorlik, qat’iyatlilik sifatlarini belgilovchi aksiologik mezonlarning davriy yangilanib borish davomiyligini strategik maqsadlarni to‘g‘ri tanlashiga barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar innovatsion boshqaruv kompetentliligini baholash mezonlari raqamli ta’lim paradigmalariga shakl va mazmun jihatdan uyg‘unlashtirish hamda innovatsion-ijodiy muhitni zamonaviy intellektual yondashuvlarning natijaviy maqsadlari reproduktivligiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligi kommunikativ-ijodiy muhitni iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravishda yaratish, ma'suliyat va moslashuvchanlik sifatlarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi axborot-texnologik jarayonlarni tadrijiy va intensiv jadallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-467/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish jarayoni ish tajribasi, psixologik tayyorgarlik va individual kasbiy ehtiyojlarga mos tabaqalashgan o‘quv faoliyatini ta’lim maqsadlariga mos rivojlantiruvchi va ijodiy faollikni oshiruvchi topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-467/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar boshqaruv strategiyalarini belgilay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga imkon yaratilgan;
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy yo'nalganlik, adolatlilik, jamoa ishonchi, samarali hamkorlik, qat’iyatlilik sifatlarini belgilovchi aksiologik mezonlarning davriy yangilanib borish davomiyligini strategik maqsadlarni to‘g‘ri tanlashiga barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-467/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan;
talabalar innovatsion boshqaruv kompetentliligini baholash mezonlari raqamli ta’lim paradigmalariga shakl va mazmun jihatdan uyg‘unlashtirish hamda innovatsion-ijodiy muhitni zamonaviy intellektual yondashuvlarning natijaviy maqsadlari reproduktivligiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mazusidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-467/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetensiyalari samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan.