Shodiev Botur Vaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon naylar bepushtligi bo‘lgan ayollarni yordamchi reproduktiv texnologiyalarga tayyorlash uslublarini takomillashtirish asosida homiladorlikning birinchi davri natijalarini yaxshilash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2059.
Ilmiy rahbar: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bachadon naylari bepushtligi bo‘lgan ayollarda yordamchi reproduktiv texnologiyalarga tayyorgarlikni takomillashtirish va homiladorlikning I-trimestrining natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstrakorporal urug‘lantirish amaliyotiga jalb qilingan ayollarda venoz qondagi va follikulyar suyuqlikdagi rux, mis, temir, foliy kislotasi miqdorining kamayganligi aniqlangan;
bepushtligi bilan kasallangan ayollarda ekstrakorporal urug‘lantirishning muvaffaqiyatli natijasining asosi hisoblangan yuqori sifatli tuxum hujayraning etilishida, venoz qon va follikulyar suyuqlikning essensial mikroelementlari - mis, rux va temirning uzviy aloqasi asoslangan;
politanqislik holatining mavjudligi ayollarning yig‘ilgan, etuk, urug‘lantirilgan va muzlatilgan tuxumhujayralari soniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, dominant follikulalar sonining kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
bachadon naylari bepushtligi bo‘lgan ayollarda qon va follikulyar suyuqlikning politanqislik holatini korreksiyalashga asoslangan ekstrakorporal urug‘lantirish va homiladorlikning I-trimestriga homiladorlikkacha tayyorlashning optimal taktikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon naylari bepushtligi kuzatilgan aellarda EKU asoratlarni oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida
ekstrakorporal urug‘lantirish dasturlarining samaradorligini bashorat qilishda nay-peritoneal genezli bepushtlik bilan kasallangan ayollarda mikroelementlar o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalri asosida ishlab chiqilgan «Ekstrakorporal urug‘lantirish dasturlarining samaradorligini bashorat qilishda nay-peritoneal genezli bepushtlik bilan kasallangan ayollarda mikroelementlar o‘rnini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 fevraldagi 8n-r/207-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta xomiladorlik asoratlarni bashorat qilish, EKU dasturini samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘z vaqtidagi davolashda yangi innovatsion usullardan foydalanish haqida ma’lumotlar berishga imkon yaratgan;
bachadon naylar bepushtligi bo‘lgan ayollarni yordamchi reproduktiv texnologiyalarga tayyorlash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar 4-oilaviy poliklinikasi, Toshkent shaxardagi “Consultative medical group” “Ankalife” “Istanbul Eku markazi” klinikalarida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-d/441-son ma’lumotnomasi) klinik amaliyotida joriy etilgan. Amaliyotga tadbiq etilgan ilmiy natijalar homilador ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni takomillashtirish, erta tashxislashni yo‘lga qo‘yish hamda asoratlarni oldini olish imkonini yaratgan.