Saidov Muxiddin Sadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzasidan texnik ekspertiza o‘tkazish usullarini takomillashtirish”,05.10.02 –Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/T2980.
ilmiy rahbar: Suleymanov Adiljon Arifdjanovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xasanov Baxriddin Baratovich; t.f.f.d, (PhD), dotsent Kamolov Lazizjon Aminovich.
Yetakchi tashkilot:Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni texnik ekspertizadan o‘tkazish faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni dala tadqiqot usullarini takomillashtirishda avtomatlashtirilgan dasturiy kompleksni qo‘llash orqali sodir bo‘lgan yong‘inlarni xisobga olish, ularni raqamlashtirilgan kutubxonasini shakillantirish yordamida texnik ekspertlar voqea joyida  axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash yordamida ularning ish samaradorlik koeffisienti belgilangan me’yorga nisbatan 33,0-43,0% gacha yaxshilanishi aniqlangan.
texnik ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazishda yong‘in va portlash xavfi chiqqan vaziyatga aniqlik kiritish, aerofoto-video tasvirga olish va sifatli xulosaga erishishda nomutaxassis bilan ekspertni bosib o‘tadigan masofasida erishiladigan natija 29,0 % gacha, ekspert va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanib texnik ekspertiza o‘tkazish samaradorlik koeffisenti 65,0 % gacha oshishi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
yong‘in texnik ekspertiza o‘tkazish ekspertiza bo‘linmalari ekspertlari faoliyatidagi ko‘p mezonli jarayonlarni optimallashtirish masalasini ifodalovchi mantiqiy modeli asosida algoritm ishlab chiqilib, yong‘inning boshlang‘ich o‘chog‘ini aniqlashda “KIM-2M”, “MVP-2M, “Teplovizor”, “TOP-01-EP” qurilmalaridan foydalanish orqali samaraga erishish imkoniyatlari tadqiq qilingan;
portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda dala tadqiqotlarini rasmiylashtirishda ierarxik tizimga asoslangan “Yong‘inlarni hisobga olish va ularni sabab-oqibatlarini tahlil qilishni avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi dasturiy mahsuloti” va “FVV EXPERT” mobil ilova ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgandagi faoliyat va texnik ekspertiza o‘tkazish usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni texnik jihatdan tekshiruvlar olib boruvchi davlat yong‘in nazorati organi xodimlari va ekspertlar uchun samaradorlik koeffisientini hisoblashning matematik toplami va algoritmi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatla boshqarmalarida joriy etilgan (X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining 2022 yil 18 martdagi 29-22-5/185-sonli va Farg‘ona viloyati FVBning 2022 yil 17 martdagi 30/1-48-sonli dalolatnomalari). Natijada portlash va yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni ekspertiza qilish samaradorligini yaxshilanishiga imkonini bergan; 
texnik-ekspertiza o‘tkazishda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tadqiqotlarining matematik xisoblari va algoritmi yordamida natijalarni rasmiylashtirishda foydalanish tartibi, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra ekspertlarni ish samaradorligini aniqlash koeffisienti Mudofaa Vazirligi Maxsus-avariya tiklash boshqarmasiga joriy qilingan (MATBning 2022 yil 6 apreldagi 1844/1-sonli dalolatnomasi). Natijada Maxsus-avariya tiklash boshqarmasi mutaxassislar voqea joyini o‘rganishlaridagi samaradorliklari oshgan. 
“Ekspertlarni axborot tahliliy qo‘llab-quvvatlash tizimi” nomli dasturiy mahsulot va “FVV EXPERT” deb nomlangan mobil ilovalar favqulodda vaziyatlar vazirligi ekspertiza bo‘linmalariga joriy etilgan (Favqulodda vazyatlar vazirligining 2022 yil 10 sentyabrdagi 7/5/10-1670-sonli ma’lumotnomasi) Natijada vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi ekspertlarning ish samaradorligi 20 foizgacha ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish