Mirxonov Utkir Kaxramonovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida kompressor qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.RhD/T1618.
Ilmiy rahbar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Qarshibaev Asqarbek Ilashevich - texnika fanlari doktori, professor.
Hoshimov Ural Hoshimovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida kompressor qurilmalarining energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompressor stansiyasidagi sinxron dvigatelning avtomatik boshqariluvchi tiristorli qo‘zg‘atish tizimi asosida uning matematik modeli va struktura sxemasi ishlab chiqilgan;
gaz haydash agregatini reaktiv quvvatni qoplash kompensatori sifatida foydalanish uchun turli ish rejimlaridagi yuklamalarni e’tiborga olgan holda sinxron dvigatelning qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarish orqali energiya tejamkor tizim va reaktiv quvvatni qoplash imkoniyatini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchan boshqaruv chastotasida kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregati sinxron dvigateli energetik ko‘rsatkichlarining matematik modellari boshqarish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda, gazni uzatuvchi kompressor stansiyasining energiya samaradorligini aniqlash metodikasi sarflanadigan elektr energiyasining solishtirma me’yorini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
mavsumiy ish rejimlaridagi kompressor qurilmalari energiya samaradorligining matematik modellari, gaz uzatish jarayonida energiya samaradorligiga ta’sir etuvchi texnologik va ekspluatatsiya omillari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida kompressor qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda, tabiiy gazni uzatuvchi kompessor stansiyasining energiya samaradorligini va qurilmada sarflanadigan elektr energiyasining solishtirma me’yorini aniqlash metodikasi “O‘ztransgaz” AJ “Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi” ga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2022 yil 15 iyuldagi №13-3631 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy gazni uzatishda sarflanadigan elektr energiyasining solishtirma me’yori aniqlanib amaliyotga joriy etildi, hamda elektr energiya iste’molini 3% ga tejash imkonini bergan;
gaz haydash agregatini reaktiv quvvatni qoplash kompensatori sifatida foydalanish uchun turli ish rejimlaridagi yuklamalarni e’tiborga olgan holda sinxron dvigatelning qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarish orqali energiya va resurs tejamkor tizimi ishlab chiqildi va reaktiv quvvatni qoplash imkoniyati aniqlandi (Energetika vazirligining 2022 yil 15 iyuldagi №13-3631 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarmoqning quvvat koeffisientini oshishi, kabel liniyasidagi hamda dvigatelning stator chulg‘amidagi aktiv quvvat isroflarining kamayishi hisobiga yiliga 5198400 kVar·soat reaktiv energiyasini qoplash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorlik 332 697 600 (uch yuz o‘ttiz ikki million olti yuz to‘qson etti ming olti yuz) so‘mni tashkil etgan.