Sayt test rejimida ishlamoqda

Yuldashova Irodaxon Ikromovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektronlar bilan nurlantirilgan uglerod nanonaychalar va uglerod tarkibli (ZrTi)CN, (TiHfTa)CN nanoqoplamalar strukturasi va nanokristallitlar o‘lchamlari», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM546 
Ilmiy rahbar: Tashmetov Mannab Yusupovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Tashmuxamedova Dilnoza Artikbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli flyuensli elektronlarning nanonaychalar va uglerod tarkibli ko‘p komponentli nanoqoplamalar strukturalariga hamda nanokristallitlar o‘lchamlariga ta’sirining qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir devorli uglerodli nanonaychalar ikki fazali (faz.gr. P6/mmm va P63/mc), ko‘p devorli uglerodli nanonaychalar esa bir fazali geksagonal strukturali (faz.gr. P63/mc) bo‘lib, bu fazalarning strukturasi mos ravishda 1,54×1017 el/cm2 va 5,1×1017 el/cm2 flyuensga qadar saqlanishi aniqlangan;
birinchi marta bir devorli uglerodli nanonaychalar Raman spektrida 1,54×1017 el/sm2 flyuensda nurlantirish ta’sirida nuqtaviy nuqsonlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi cho‘qqi (805 sm-1) paydo bo‘lishi, ko‘p devorli uglerodli nanonaychalarda esa amorf gidrogenlangan uglerodga tegishli D′ (1612 sm-1) cho‘qqi 5,1×1017 el/sm2 flyuensda nurlantirilganda intensivlikning kamayishi bilan past chastotalar (1601 sm-1) tomon siljishi aniqlangan;
birinchi marta 2,3×1017 el/cm2 flyuens bilan nurlantirilgan (ZrTi)CN nanoqoplamaning yuza notekisligi 2,2 marta kamayishi, (TiHfTa)CN 4,5×1017 el/cm2 flyuens bilan nurlantirilganda 13,2 marta oshishi dislokatsiyalarning sirt tomon vinsimon harakatlanishi natijasida yuzalarda sodir bo‘lgan ikki o‘lchamli o‘zaksimon o‘sish bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
birinchi marta ko‘p devorli uglerodli nanonaychalar, (ZrTi)CN va (TiHfTa)CN nanoqoplamalar namunalarining 5,1×1017 el/cm2 flyuensga qadar nurlantirilgan panjara parametrlari hamda nanokristallitlar o‘lchamlari qiymatlarining flyuensga bog‘liqligi eksponensial xarakterda ortib borishi, dislokatsiyalarning zichliklari esa kamayishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektronlar bilan nurlantirilgan uglerod nanonaychalar va uglerod tarkibli nanoqoplamalarning strukturasi hamda nanokristallitlar o‘lchamlarini aniqlashda olingan asosiy natijalar Qoraqolpoq davlat universitetida “Qattiq jismlar fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat hamda “Kondensirlangan holat fizikasi” maxsus kursi bo‘yicha magistratura dasturi doirasida o‘quv jarayonida foydalanilgan (Qoraqolpoq davlat universitetining 21.12.2022-yildagi 01-21-04/2878-sonli ma’lumotnomasi), xususan:
bir devorli uglerodli nanonaychalar ikki fazali, ko‘p devorli uglerodli nanonaychalar esa bir fazali geksagonal strukturali bo‘lib, ular nurlanish ostida saqlanib qoladi, shuningdek, nurlantirilgan bir devorli uglerodli nanonaychalar Raman spektrida nuqsonlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yangi cho‘qqi (805 sm-1) va ko‘p devorli uglerodli nanonaychalar nurlantirilganda amorf gidrogenlangan uglerodga tegishli bo‘lgan D′ cho‘qqisining intensivligi pasayishi va past chastotalari tomon siljishi aniqlandi. Ilmiy natijalardan foydalanish talabalarning kondensirlangan holatlar fizikasining zamonaviy muammolari to‘g‘risidagi tasavvurlarini chuqurlashtirishga imkon berdi;
panjara parametrlari va nanokristallit o‘lchamlarining ko‘p devorli uglerod nanonaychalari, (ZrTi)CN va (TiHfTa)CN nanoqoplamlari namunalarining elektron nurlanishiga bog‘liqligi tabiati, nanoqoplamalar notekisigi va dislokatsiya zichligi o‘zgarishi haqida xulosalar qilingan. Ilmiy natijalardan foydalanish talabalarning qattiq jismlar sohasida fazaviy o‘zgarishlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish