Hasanova Gulhayo Isrofilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston seysmofaol rayonlarining er osti suvlarida mikrokomponent ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlarini o‘rganish (Toshkent geodinamik poligoni misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM122.
Ilmiy rahbar: Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DM, DSs.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Baxtiyor Jantievich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent geodinamik poligonining gidrogeologik sharoitlari asosida er osti suvlari tarkibida mikro-komponentlar tarkibiy miqdorining shakllanishi va gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va monitoringini o‘tkazishda samarali echimlarni aniqlash va ilmiy nazariy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent geodinamik poligoni seysmik faol hududlarining yuqori bo‘r davr yotqiziqlaridagi qatlam suvlar tarkibida 64 ta elementlari turli miqdorlarda mavjudligi miqdoriy baholangan;
Tekstil, Nazarbek va Sabzavotchilik burg‘i quduqlaridan olingan er osti suv tarkibidagi 64 ta elementlardan kimyoviy tahlillar natijasida tog‘ jinsi va suv o‘rtasidagi harorat va bosimning ortishida sezgirligi yuqori bo‘lgan 11 ta mikrokomponentlarning (skandiy, titan, vol`fram, simob, temir, bor, fosfor, mis, marganes, stronsiy, rubidiy) qiymatlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
avtoklavda harorat va bosimning ortishi bilan distillangan suvning mineralizatsiya miqdori 0,06 g/l dan 0,6 g/l (o‘sish taxminan 10 marta) ga o‘sishi aniqlangan;
tog‘ jinsi va suv o‘rtasidagi harorat va bosimning ortishi bilan, mikrokomponentlar hamda SiO2 (mg/l), rN ko‘rsatkichi qiymatlari vaqt birligida o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston seysmo-faol rayonlarining er osti suvlarida mikrokomponent ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari (Toshkent geodinamik poligoni misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tekstil, Nazarbek va Sabzavotchilik burg‘i quduqlaridan olingan er osti suv tarkibidagi 64 ta elementlardan kimyoviy tahlillar natijasida tog‘ jinsi va suv o‘rtasidagi harorat va bosimning ortishida sezgirligi yuqori bo‘lgan 11 ta mikrokomponentlarning (skandiy, titan, vol`fram, simob, temir, bor, fosfor, mis, marganes, stronsiy, rubidiy) qiymatlari bilan aniqlangan uzviy bog‘liqligi “O‘zbekgidrogeologiya” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2022 yil 23 noyabrdagi 04-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuchli bosim va harorat ta’sirida tog‘ jinslarda ajralayotgan mikrokomponentlarni er osti suv tarkibida namoyon bo‘lishi va ularni miqdoriy baholashga imkon bergan;
avtoklavda harorat va bosimning ortishi bilan distillangan suvni mineralizatsiyasi bo‘yicha aniqlangan miqdor o‘sishi 0,06 g/l dan 0,6 g/l (o‘sish taxminan 10 marta) “O‘zbekgidrogeologiya” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2022 yil 23 noyabrdagi 04-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, geodinamik jarayonlar davrida er ostida harorat va bosim ortishi bilan er osti suvlarining mineralizatsiya miqdori ortganligini aniqlash imkonini bergan;
tog‘ jinsi va suv o‘rtasidagi harorat va bosimning ortishi bilan mikrokomponentalar hamda SiO2 (mg/l), rN ko‘rsatkichi qiymatlarini vaqt birligida aniqlangan o‘zgarishi “O‘zbekgidrogeologiya” DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2022 yil 23 noyabrdagi 04-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, geodinamik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan gidrogeoseysmologik anomaliyalarni aniqlash, hamda, burg‘i quduqlaridagi turli gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar axborotligini baholash imkonini bergan.