Avezov Muxriddin Maqsud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati toponimlari shakllanishi va tarqalishining tabiiy geografik asoslari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr192.
Ilmiy rahbar: Mirakmalov Mirali Turonboevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Seytniyazov Koshkarbay Matenovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati toponimlarining shaklanishida tabiiy geografik terminlarning rolini aniqlash va ularning tarqalishidagi tabiiy geografik asoslarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati toponimlarini hosil qiluvchi tabiiy geografik terminlarning (tov, tepa (qir), qum, sho‘r, qoq, soy, buloq, ko‘l) tarqalish areallari aniqlangan;
viloyatning cho‘l hududlarida gidronim va oronimlar dominantlik qilishi, «quduq» topoterminli nomlarning botiq rel`ef shakllariga, «tov» topoterminli nomlarning mofostrukturalarga, «tepa» topoterminli nomlarning esa morfoskul`pturalarga to‘g‘ri kelishi qonuniyati aniqlangan;
Buxoro viloyatining voha qismidagi toponimlar Zarafshon daryosining quyi oqimi tomon, cho‘l hududlaridagi toponimlar esa cho‘l-voha chegarasidan cho‘l ichkarisiga tomon siyraklashib borish xususiyati aniqlangan;
viloyatning tabiati o‘zlashtirilgan hududlari (Buxoro va Qorako‘l vohalari) toponimlarining tabiiy sharoit xaqida indikatorlik xususiyati asoslangan;
Buxoro viloyati toponimlarining katalogi va tabiiy sharoit bilan bog‘liq geografik joy nomlari (oronimlar, gidronimlar va oykonimlar) ning kartalari GAT texnologiyasi asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati toponimlari shakllanishi va tarqalishining tabiiy geografik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyati toponimlarini hosil qiluvchi tabiiy geografik terminlarning aniqlangan tarqalish areallari viloyatdagi joy nomlarining izohli lug‘atini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 5 avgustdagi 30/01-05/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekiston joy nomlari izohli lug‘ati»dagi toponimlarning tarqalish hududlarini aniqlash va ularning izohini asoslash imkonini bergan;
Buxoro viloyatining cho‘l hududlaridagi joy nomlari shakllanishining aniqlangan qonuniyati hamda toponimlar tarkibida gidronim va oronimlar dominantlik qilishi «O‘zbekiston joy nomlari izohli lug‘ati»ni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 5 avgustdagi 30/01-05/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, izohli lug‘atga kiritilgan joy nomlarining mazmunini ilmiy asoslash imkoniyatini bergan;
viloyatning voha qismidagi toponimlar Zarafshon daryosining quyi oqimi tomon, cho‘l hududlaridagi toponimlar esa cho‘l-voha chegarasidan cho‘lning ichkarisiga tomon siyraklashib borish xususiyatini aniqlash natijalari va ma’lumotlari «Toponimika» darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-3/95 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning mutaxassislik malaka talablarida belgilangan toponimik ma’lumotlarni to‘plash, izohlash, ularning etimologiyasini va tarqalishini aniqlash kompetensiyasi shakllanishini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Buxoro va Qorako‘l vohalarining o‘zlashtirilgan hududlaridagi toponimlarning tabiiy sharoit o‘zgarganligi xaqida ma’lumot beruvchi asoslangan indikatorlik xususiyati hududlardagi geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 5 avgustdagi 30/01-05/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati va tuman toponimiya komissiyalari geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda tarixiy joy nomlarini qayta tiklash hamda ularni muhofaza qilish imkonini bergan;
Buxoro viloyati toponimlarining yaratilgan katalogi va geografik joy nomlarining mavzuli kartalari geografik ob’ektlarga qonun hujjatlariga asoslangan holda nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilishda va muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022 yil 5 avgustdagi 30/01-05/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatidagi joy nomlarini turlarga ajratish, guruhlashtirish hamda geografik ob’ektlar nomlarining davlat reestri tarkibini takomillashtirish imkonini bergan.