Dusanova Tozagul Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm sintezi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1739.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Nazmiya Muslixiddinovna, filologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon O‘rolovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sultonmurod Olim, filologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning axloqiy-tarbiyaviy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari jamlangan “Mahbub ul-qulub” asaridagi nasriy va she’riy matnlarning o‘zaro mutanosibligi, she’riy matnlarning janr va badiiyat mezonlarini, vazn va qofiya masalalari, she’riy matnlarning nasr va nazm uyg‘unligi kesimida badiiy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
forsiy va turkiy adabiyotda nasriy yo‘lda yozilgan axloqiy – didaktik asarlarda she’riy janrlardan foydalanish an’anasining nasr va nazm uyg‘unligi asosida shakllanganligi, nasriy asarlarda kichik she’riy janrlarning muxtasar qilinishi aniqlangan;
“Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm sintezining irfoniy mezonlari, janr, mavzu, mazmun-mundarija ifodasi shoirning ijtimoiy, ilmiy-adabiy kabi ma’rifiy qarashlarida aks etganligi isbotlangan;
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida kamolotning irfoniy- tasavvufiy talqini, asarning axloqiy-didaktik ahamiyati yoshlar ma’naviy tarbiyasida komil inson konsepsiyasining birlamchi asosi ekanligi dalillangan;
nasriy va she’riy matnlarning adabiy tur, janr, vazn, qofiya unsurlari, lafziy va ma’naviy badiiy san’atlar, ishq, she’r va shuur, irfoniy fazilatlar maqomoti ifodasida g‘oyaviy-badiiy individuallikka egaligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
forsiy va turkiy adabiyotda nasriy yo‘lda yozilgan axloqiy – didaktik asarlarda she’riy janrlardan foydalanish an’anasining nasr va nazm uyg‘unligi asosida shakllanganligi, nasriy asarlarda kichik she’riy janrlarning muxtasar qilinishi, til ifoda-tasvir vositalari hamda adabiy an’analar orqali olingan tajriba va amaliy tavsiyalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 20-maydagi 17.01/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada belgilangan vazifalar asosida shoir she’riyatidagi ilmiy-ma’rifiy g‘oyalarning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini asoslashga xizmat qilgan;
“Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm sintezining irfoniy mezonlari, janr, mavzu, mazmun-mundarija ifodasi shoirning ijtimoiy, ilmiy-adabiy kabi ma’rifiy qarashlarida aks etganligi qolaversa, qoraqalpoq - o‘zbek adabiy aloqalariga tajriba va amaliy tavsiyalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 24-maydagi 17.01/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, folklor va yozma adabiyotdagi ijodkorlar badiiy mahoratini belgilashda ularning lisoniy salohiyati parametrlarini hisobga olishga, badiiy-tasvir vositalari hamda adabiy an’analar orqali tajriba va badiiy mahoratni oshirish yo‘l-yo‘riqlari haqidagi nazariy fikr va amaliy tavsiyalar hamda Alisher Navoiy adabiy merosining matniy va g‘oyaviy-badiiy tadqiq etish bilan bog‘liq xulosa va umumlashmalarga asos bo‘lgan;
Alisher Navoiy ijodining badiiy qimmati, ma’rifiy ahamiyati, nasriy-she’riy asarlaridagi ma’rifiy-irfoniy, badiiy-estetik g‘oyalar talqiniga oid ilmiy xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi “Diyor” teleradiokanali “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi “Diyor-24” teleradiokanalining 2022-yil 8-fevraldagi 04-25-885-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”ida o‘z ifodasini topgan didaktik qarashlardan ma’nan yetuk avlodni tarbiyalashda foydalanishning ilmiy-pedagogik mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish