Bilir Bayramning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rxun yozuvini transkripsiyalashtirishdagi farqliliklar va ularning yuzaga kelish sabablari”, 10.00.01–O‘zbek tili, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1922.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rxun bitiklari deb nomlangan Kultegin, Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiklarida turkologlar tomonidan qilingan transkripsiyalarni solishtirish, transkripsiya farqlarini aniqlash va ularni XFAsiga ko‘ra ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rxun yozuvlaridagi unlilarning (e, I, u, ü) turkologlar tomonidan lotin va kirill yozuvida amalga oshirilgan transkripsiyalaridagi “ä”, “ï”, “ө”, “ү” kabi harflarning qo‘llanilishi namunasida ularning farqlari ochib berilgan; 
obidalar matnlaridagi qalin va ingichka unli tovushlar bilan qo‘llanuvchi undoshlar va neytral undoshlarning hozirgi turkiy tillarda bir yoki bir necha belgilar bilan transkripsiya qilinishi dalillangan;
turkologlar tomonidan O‘rxun yozuvlaridagi ligatur (𐰡 w W) birliklar alohida harf (“nt”) yoki tovush birligini ifodalovchi maxsus bitta belgi (“l͜d”, “nč”) bilan transkripsiya qilinishi isbotlangan;
O‘rxun yozuvlarida ifoda etilmagan, lekin o‘qish uchun qo‘llaniladigan 𐰏𐰏𐰠𐰕𐰃𐱅…𐰍𐰍𐰞𐱁𐰉“bašłyγyγ…tizligig”,“başlıgıg…tizliğiğ”,“b(a)şl(ı)g(ı)g…tizl(i)g(i)g” kabi unli harflarning transkripsiyasi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalari O‘rxun yozuvining transkripsiyalarini tartibga solish, shuningdek, qadimiy turkiy obidalardagi matnlarni tadqiq qilish asosida:
O‘rxun yozuvlaridagi unlilarning turkologlar tomonidan lotin va kirill yozuvida amalga oshirilgan transkripsiyalardagi farqlari, obidalar matnlaridagi qalin va ingichka unli tovushlar bilan qo‘llanuvchi undoshlar hozirgi turkiy tillarda bir yoki bir necha belgilar bilan transkripsiya qilinishiga oid ilmiy asoslangan xulosalardan Turkiya Respublikasi Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti “Fan-Adabiyot” fakulteti, “Turk tili va adabiyoti” kafedrasining 2021-2022-o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlari bakalavr o‘quv dasturidagi “TDE 17207 Orhun Türkçesi”, “TDE 17105 Türk Dili Tarihi I” kabi fanlaridan dars materiallari tayyorlashda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Burdur Mehmet Akif Ersoy universitetining 2022-yil 2-avgustdagi E-73207616-900-182531-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish O‘rxun yozuvlarini transkripsiya qilish masalalari bo‘yicha talabalar va magistrantlarning to‘laroq ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
O‘rxun yozuvlaridagi ligatur birliklar alohida harf yoki tovush birligi shaklida ifodalovchi maxsus bitta belgi bilan transkripsiya qilinishi, O‘rxun yozuvlarida ifoda etilmagan, lekin o‘qish uchun qo‘llaniladigan unli harflarning transkripsiyasi hamda O‘rxun yozuvlarida unlilar va undoshlarning turkologlar tomonidan lotin va kirill yozuvida amalga oshirilgan transkripsiyalaridagi farqlariga oid ilmiy xulosalar, o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarda til transkripsiyasi masalasiga doir alohida bo‘lim ajratish va bu bo‘yicha maxsus elektron audio talaffuzlarni yaratish hamda uni elektron platformalarga joylashtirish uchun talaffuz me’yorlari bilan bog‘liq maxsus “til laboratoriyalari”ni tashkil etish kabi yangiliklar, taklif va tavsiyalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JB CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” xorijiy grand loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 14-iyuldagi 2006/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni kompyuter texnologiyalari vositasida o‘qitish, ularning transkripsiyalarini moslashtirish, jumladan, ligatur va qo‘sh undoshlarni o‘qish va yozishda hamda yozma nutq konikmasini mufoviqlashtirishda dissertatsiyadagi IPA (Xalqaro Fonetika Assosiatsiyasi) tomonidan tavsiya etilgan transkripsiya va qo‘shimcha belgilar asosida ishlab chiqilgan transkripsiya va uning variantlaridan foydalanish joriy qilingan. 
turkiy tillar etimologik lug‘atlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirishda O‘rxun matnlarida uchraydigan, kelib chiqishi begona tillarga oid bo‘lgan so‘zlarning qadimiy turkiy tilga kirib kelishi va o‘zlashtirilishi tarixiga oid ishlarni tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi natijalarining ilmiy jihatlari va ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022-yil 16-iyul kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 27-iyuldagi 01-12/271-son ma’lumotnomasi). Natiajada bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida ham uchraydigan, chet tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlarning kelib chiqishi masalalariga aniqlik kitirilgan, bu esa o‘zbek tili etimologiyasi takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish