Dehqonova Oxistaxon Qosimjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab fizika ta’limida fanlar integratsiyasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika o‘qitish metodikasi) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4295.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori; Zoxidov Ibroxim, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot:Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida fizika ta’limini fanlar integratsiyasi asosida o‘qitishni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika ta’limida fanlar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari o‘quv topshiriqlarini vizuallashtirish va mazmunini hayotiylashtirishga yo‘naltirilgan qiyosiylik, tushunarlilik tamoyillarini mustaqil ishlash va tahliliy o‘zlashtirish muhitida integrativ qo‘llash orqali aniqlashtirilgan; 
fanlar integratsiyasiga asoslangan fizikaga oid namoyishli tajribalarning multimedia mahsulotlari intensiv o‘zlashtirish, qayta aloqa, o‘z-o‘zini tekshirish kabi ijodiy, evristik fikrlash bosqichlarining fanlardan nazorat ishlarini tizimlashtirish jarayonida moslashuvchanligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
fizikani fanlar integratsiyasi asosida o‘qitish modeli o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantiruvchi integrativ ta’lim texnologiyalarini fundamental tajribalar hamda muammoli namoyish jarayonida teskari ta’lim strategiyalariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
fanlar integratsiyasini ta’minlashning akmeologik va aksiologik yondashuvlaridan foydalanishning metodik tizimi fizik tushuncha va hodisalarning sinflar kesimida taqsimlanish tartibini uzluksizlikni ta’minlovchi sikllarda fanlararo tobelanish kontekstida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizika va matematika fanlari integratsiyasini ta’minlash uchun maxsus kurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fanlar integratsiyasiga asoslangan fizikaga oid namoyishli tajribalarning multimedia mahsulotlari intensiv o‘zlashtirish, qayta aloqa, o‘z-o‘zini tekshirish kabi ijodiy, evristik fikrlash bosqichlarining fanlardan nazorat ishlarini tizimlashtirish jarayonida moslashuvchanligini ta’minlash hamda fizikani fanlar integratsiyasi asosida o‘qitish modeli o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantiruvchi integrativ ta’lim texnologiyalarini fundamental tajribalar hamda muammoli namoyish jarayonida teskari ta’lim strategiyalariga ko‘ra qo‘llashga oid takliflari asosida «O‘rta umumta’lim maktablarida fizikadan namoyish tajribalar» nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida berilgan 285-097 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilarining nazariy bilim, mantiqiy tafakkur hamda amaliy ko‘nikmalari rivojlantirishga xizmat qilgan;
fanlar integratsiyasini ta’minlashning akmeologik va aksiologik yondashuvlaridan foydalanishning metodik tizimi fizik tushuncha va hodisalarning sinflar kesimida taqsimlanish tartibini uzluksizlikni ta’minlovchi sikllarda fanlararo tobelanish kontekstida qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan asosida «O‘rta umumta’lim maktablarida fizikadan namoyish tajribalar» nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida berilgan 285-097 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv ta’minoti o‘quvchilarda faollik va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fizika ta’limida fanlar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari o‘quv topshiriqlarini vizuallashtirish va mazmunini hayotiylashtirishga yo‘naltirilgan qiyosiylik, tushunarlilik tamoyillarini mustaqil ishlash va tahliliy o‘zlashtirish muhitida integrativ qo‘llashga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 10 yanvardagi 04-36-48-ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativligi, mustaqil fikrlashi hamda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish