Maxmadustov Jalol Maxmadustovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2708.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boymurotov Sodiq Rozziqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchi (yakka tartibdagi tadbirkor) soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq organlariga yuborgan holatda soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblash taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslarning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida aniqlanuvchi daromad solig‘ining ortiqcha to‘langan summasi soliq to‘lovchiga uning soliq organiga taqdim etgan arizasi asosida qaytarilishiga oid me’yorlar takomillashtirilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardan yuzaga kelgan qarzdorlikni hamda soliq va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni soliq organlariga xabardor qilgan holda teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqini berish taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslarning foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzining hisobdan chiqarilishi hamda soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlarini tugatish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq to‘lovchi (yakka tartibdagi tadbirkor) soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq organlariga yuborgan holatda soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblash taklifi Soliq kodeksining 100-moddasida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq to‘lovchilarga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiluvchi mexanizm shakllantirilgan;
jismoniy shaxslarning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida aniqlanadigan daromad solig‘ining ortiqcha to‘langan summasi soliq to‘lovchiga uning soliq organiga taqdim etgan arizasi asosida qaytarilishiga oid takomillashtirilgan me’yorlardan foydalanish takliflari Soliq kodeksining 105-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq bazasini kengaytirish, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri hisoblanishi, jismoniy shaxslarning ixtiyorida pul mablag‘lariga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardan yuzaga kelgan qarzdorlikni hamda soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni soliq organlariga xabardor qilgan holda teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqini berish taklifi Soliq kodeksining
482-moddasi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14- sentyabrdagi 15-123038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuridik shaxslarning to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlarni undirishning qulay mexanizmi yaratilib, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshishiga ijobiy ta’sir shakllantirilgan;
jismoniy shaxslarning foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzining hisobdan chiqarilishi hamda soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi PF-218-son Farmonida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14- sentyabrdagi 15-123038-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarni o‘z faoliyatlarini tizimli shakllantirishga qulay shart-sharoit yaratilib, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasining oshishi ta’minlangan.