Sadullaev Toir Xikmatilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston iqtisodiyotining inklyuziv o‘sishini ta’minlash yo‘nalishlari», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt873.
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turabovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professori, Tashpulatova Laylo Maratovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra real YaIM va aholi moddiy daromadlarining barqaror o‘sish sur’atlari bilan cheklangan “inklyuziv o‘sish“ tushunchasi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining sifat jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, aholining turmush sharoitlarini oshirish orqali tabaqalashuvining oldini olish hamda hayot darajasiga tashqi samaralarning ta’sirini baholash imkonini beruvchi mazmuniga ko‘ra takomillashtirilgan;
inklyuziv o‘sish tavsifni ta’minlovchi muhim shartlardan biri sifatida iqtisodiyotda samarali va barqaror ish o‘rinlarini yaratish asosida unumli bandlikning maqbul darajasini ta’minlash taklifi ilmiy asoslangan;
samarali bandlikni oshirish (BS =67% → 70%) hamda aholi daromadlari tengsizligi (TAD =3,3% → 2,8%) va kambag‘allik darajasini (DK =17% → 15,5%) qisqartirish orqali inklyuziv o‘sish tavsifi va maqbul darajasini ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda inklyuziv rivojlanish indeksini hisoblash modeli asosida iqtisodiy rivojlanishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlash yo‘nalishlari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra real YaIM va aholi moddiy daromadlarining barqaror o‘sish sur’atlari bilan cheklangan holatdan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining sifat jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, aholining turmush sharoitlarini oshirish orqali tabaqalashuvining oldini olish hamda hayot darajasiga tashqi samaralarning ta’sirini baholash imkonini beruvchi mazmuniga ko‘ra takomillashtirilgan “inklyuziv o‘sish“ tushunchasi oliy ta’lim muassasalari talablari uchun “Inklyuziv iqtisodiy o‘sish” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lajak mutaxassislarda inklyuziv o‘sishning zamonaviy tushunchasi hamda uni aniqlash metodi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
inklyuziv o‘sish tavsifni ta’minlovchi muhim shartlardan biri sifatida iqtisodiyotda samarali va barqaror ish o‘rinlarini yaratish asosida unumli bandlikning maqbul darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Inklyuziv o‘sish shartlariga muvofiqbandlikni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 01/00-02/07-114-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va boshqa bir qator qiyosiy mezonlar bo‘yicha O‘zbekiston bilan taqqoslanadigan bir qator mamlakatlar uchun so‘nggi 20 yil davomida jahon statistikasidan foydalangan holda, ular orasida bandlikning o‘sishi va mehnat unumdorligi bilan YaIMning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlari uyg‘unligini ta’minlash imkoni yaratilgan; 
samarali bandlikni oshirish (BS =67% → 70%), aholi daromadlari tengsizligi (TAD =3,3% → 2,8%) va kambag‘allik darajasini (DK =17% → 15,5%) qisqartirish orqali inklyuziv o‘sish tavsifi va maqbul darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Inklyuziv o‘sish shartlariga muvofiqbandlikni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 01/00-02/07-114-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida samarali bandlikni oshirish, aholi daromadlari tengsizligi va kambag‘allik darajasini qisqartirish orqali inklyuziv o‘sish tavsifi va maqbul darajasini ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda inklyuziv rivojlanish indeksini hisoblash modeli asosida iqtisodiy rivojlanishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Aholini mehnat bilan bandligi darajasini oshirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydlanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 01/00-02/07-114-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda o‘rta muddatli istiqbolda inklyuziv rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish