Turaev Qahramon Abdijalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarali modifisirlangan defoliant va gerbisid olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3238.
Ilmiy rahbar: Tog‘asharov Ahat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Adilova Moxira Shavkatovna, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kal`siy xlorat, karbamid, monoxlor-sirka kislotani natriyli, etanolaminli tuzlari asosida yangi tarkibli samarali defoliantlar va gerbisidlarni sintez qilish va olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv, kal`siy xlorat, karbamid, monoxlor-sirka kislotani natriyli va etanolaminli tuzlari ishtirokidagi 9 ta uch komponentli sistemalarning «tarkib-xossa» va politermik eruvchanlik diagrammalari yaratilgan;
diagrammalarda qattiq fazalar konsentratsiya va haroratga bog‘liq holda kristallanish maydonlari chegaralangan, 2 ta yangi birikma ajratib olinib, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tekshirilgan va mavjudligi isbotlangan;
natriy gidroksid, monoetanolamin va monoxlor-sirka kislotadan gerbisid olish jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlanib, unga ko‘ra natriy gidroksidning konsentratsiyasi 40%, monorxlor-sirka kislotani NaONga mol` nisbati 1:1, jarayondagi harorat 65±5 °S, gerbisidni hosil bo‘lish darajasi 98.2% ligi isbotlangan;
kal`siy xlorat, karbamid, monoxlor-sirka kislotaning natriyli va etanolaminli tuzlaridan iborat yangi tarkibli samarali defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`siy xlorat, karbamid, monoxlor-sirka kislotaning natriyli va etanolaminli tuzlaridan yangi defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kal`siy xlorat va monoxlor-sirka kislotaning natriyli tuzi asosida olingan defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 07/25-04/8277-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 90.11% va ko‘saklarni ochilishi 89.4% bo‘lish imkonini bergan;
kal`siy xlorat ikkikarbamid va monoxlor-sirka kislotaning natriyli tuzi asosida olingan defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan ((O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 07/25-04/8277-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 93.2% va ko‘saklarni ochilishi 90.45% bo‘lib samarali defoliatsiya qilish imkonini bergan.