Bobojonov Jamshid Shermatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`siy xlorat, atsetamiprid va fiziologik faol moddalar asosida defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3232.
Ilmiy rahbar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo dolomitdan magniy va kal`siy tuzlarini ajratish, kal`siy tuzidan kal`siy xloratni sintez qilib, fiziologik faol va insektisid xossasiga ega bo‘lgan yangi kompleks defoliantlar olishning ilmiy asoslarini va olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dolomitni xlorid kislotada parchalab olingan kal`siy, magniy xlorid eritmasidan magniy xloridni monoetanolamin bilan ajratish mumkinligi CaCl2·2H2O – NH2C2H4OH – H2O va MgCl2·6H2O – NH2C2H4OH - H2O eruvchanlik sistemalarini taxlili asosida isbotlangan;
kal`siy, magniy xlorid eritmasidan, magniy xloridni ajratib olishda, monoetanolaminni ammiak bilan aralashma miqdorini magniy tuzini mol` miqdoriga bog‘lab o‘rganilgan va 1 mol` MgCl2 : [0,1 mol` NH2C2H4OH + 0,9 mol` NH3] ga nisbatda ta’sirlashishi maqbulligi aniqlangan;
suv, kal`siy xlorat, magniy xlorid, kal`siy xlorid, monoetanolamin, dikarbamid kal`siy xlorat, tetrakarbamid kal`siy xlorat, ammoniy atsetat, atsetat karbamidmonoetanolammoniy, etanol va atsetamipridlar ishtirokida 14 ta eruvchanlik sistemalari va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
uchta yangi birikma NH4ClO3∙CO(NH2)2, CH3COOH·CO(NH2)2, MgOHCl·C2H4NH2Cl olindi, fizik-kimyoviy usullar yordamida mavjudligi aniqlangan;
kal`siy xlorat, karbamid, fiziologik faol moddalar va insektisidlar asosida defoliantlarni maqbul tarkiblari va olish jarayonlarini texnologik tizimlari, hamda ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`siy xlorati, karbamid, atsetamiprid va etilen hosil qiluvchi moddalar asosida, kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kal`siy xlorat, karbamid, atsetat karbamidmonoetanolammoniy va atsetamipridlar asosida olingan defoliant Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respubkasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10-noyabrdagi 07/25-04/8293 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu defoliantlar o‘rta tolali g‘o‘za navlariga qo‘llanilganda, ko‘saklarni ochilishi 94,5% ni, barglarni to‘kilishi 96,6% ni tashkil etgan, suruvchi zararkunandalarni 100% ga yo‘qotish imkonini bergan;
kal`siy xlorat, karbamid, atsetat ammoniy, etanol va atsetamipridlar asosida olingan defoliant Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respubkasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10-noyabrdagi 07/25-04/8293 son ma’lumotnomasi). Natijada, defoliantlar o‘rta tolali g‘o‘za navlariga qo‘llanilganda, ko‘saklarni ochilishi 94,2% ni, barglarni to‘kilishi 96,6% ni tashkil etgan, suruvchi zararkunandalarni 100% ga yo‘qotish imkonini bergan.