Kosimova Shairaxon Mirzaxamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovoqning istiqbolli Ispanskaya 73 va Palov kadu 268  navlariga Uchqun biostimulyatorining ta’siri», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V589.
Ilmiy rahbar: Baratova Moxidil Raximovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.B.91.03.
Rasmiy opponentlar: Allaniyazova Mapruza Kdirbaevna, biologiya fanlari doktori; Babaeva Dildora Tuygunovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy poliizoprenoidlar asosida yaratilgan preparatlarni qovoq navlarining tashqi stress omillarga chidamliligini oshirish va kasalliklariga ta’sirini baholash hamda o‘sish-rivojlanishini avjlantirish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uchqun, Verva, Gossipren preparatlarini qovoqning vegetativ rivojlanish bosqichlarida biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etish xususiyatlari aniqlangan;
Uchqun biostimulyatori tarkibidagi poliprenollarni qovoq urug‘ining unib chiqishi hamda o‘sish-rivojlanish bosqichlarida mineral moddalarning to‘liq assimilyasiyasi va kasalliklarga chidamliligini oshishidagi ta’siri isbotlangan;
qovoq etishtirishda mahalliy biostimulyator Uchqun preparatining optimal konsentratsiyasi 0,01% va ishlov berishning maqbul usuli aralash usul ekanligi aniqlangan;
mahalliy sharoitda yaratilgan Uchqun, Gossipren va referent Verva biostimulyatorlari ta’sirida qovoqning Ispanskaya 73 va Palov kadu 268 navlarining o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi, mevasi, urug‘ining sifat va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovoq (Cucurbita L.) etishtirishda Uchqun biostimulyatorining  ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida :
qovoq navlarining o‘sish-rivojlanishi va hosildorligiga poliizoprenoidlar asosida yaratilgan preparatlardan №VA-FA-F7-006 “Sulfonilmochevinalar, triazinlar va ularning geterotsiklik analoglari qatorida selektiv pestsidlarning yangi avlodini sintez qilishning fundamental asoslari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihasida tabiiy birikmalar asosida o‘simliklarning tashqi stress omillarga chidamliligini oshiruvchi yangi avlod preparatlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasinig 2022 yil 7 apreldagi №4/1255–784 son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fiziologik faol birikmalar asosida ekologik zararsiz hamda biotik omillarga samarali va tanlab ta’sir etuvchi biopestisidlar yaratish imkonini bergan;
Uchqun preparatini o‘simliklarning abiotik omillarga chidamliligini oshirish xususiyatini aniqlash natijalari asosida qo‘llash me’yorlari va maqbul ishlov berish usullaridan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Shahrixon tumani “Naynavo oqshomi” fermer xo‘jaligi dalalarida o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitlarida qovoq hosildorligini oshirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 02/25-05/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovoqning Palov kadu 268 navidan gektariga o‘rtacha 12,2 t, Ispanskaya 73 navidan esa 11,7 t qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish