Obitov Nasriddin Mexrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Optimizatsiya sostava i stukturi alyuminievix splavov s povishennim soderjaniem primesey”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3105.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti, (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Mansurov Yulbarsxon Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Saloxiddin Dusmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Shazimov Anortoy O‘ljabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: MISiS (Olmaliq fliali).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Al-Mg tizimi asosida ushbu tizimning asosiy qotishmalaridan kam bo‘lmagan mexanik xususiyatlar majmuasiga ega bo‘lgan yangi ikkilamchi quymabop qotishmasini tadqiq qilish va ishlab chiqish orqali alyuminiy metall va uning asosiy qotishmalaridan foydalanish koeffisientini oshirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralashmalarning alyuminiy qotishmalari tuzilishi va xususiyatlariga, shuningdek termik ishlov berish rejimlarining Al-Mg tizimi qotishmalarining fazali tarkibiga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
aralashmalari yuqori miqdorda Mg – Si – Fe – Cu – Zn – Sn – Pb – Ni 4-8%Mg, 0,6-1,5%Si, 1,5% gacha Fe, 0,6-0,8%Cu, 06-1,0% Zn, har biri 0,3-0,5% Sn va Pb, 0,1-0,3% Mn, 0,2% gacha Ni bo‘lgan, qolgani Al birgalikda va alohida kiritilgan tizimdagi qotishmaning mexanik xsusiyatlarga bog‘liqlik darajasi asosida ularning fazaviy tarkibi ishlab chiqilgan.
magnaliyalarning tarkibi yuqori miqdorda qo‘shimchalari bo‘lgan va tuzilishiga kam miqdordagi aralashmalarning ta’siri mikro va rentgenstruktura o‘zgarishiga bog‘liqlik darajasi asosida aniqlangan.
Al-Mg larning tarkibiy tuzilishi va mexanik xossalari termik ishlov berish holatlariga bog‘liqlik darajasi asosida aniqlangan.
ehtimoliy qo‘shimchalari eng ko‘p bo‘lgan alyuminiy magniy qotishmalariga termik ishlov berish tartibi birikish zonasining shakllanish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan.
Al-Mg tizimidagi ikkilamchi qotishma va unga termik ishlov berish tartibi toblash haroratiga bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida yuqori miqdorda qo‘shimchalari bo‘lgan alyuminiy qotishmalarining tarkibi va tuzilishini optimallashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyma va termik ishlov berilgan alyuminiy qoldiqlari va bo‘laklaridan tayyorlangan qotishmalari tuzilishini tashkil etuvchilarning shakl koeffisientini optimallashtirish usullari, qotishmalarining kristallanish bosqichlari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK NMZ IChBda joriy etilgan. (Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2021 yil 30 noyabrdagi 02-06-07/11540-son ma’lumotnomasi).Natijada nisbiy cho‘zilish 3-5% ga, shartli oquvchanlik chegarasi 13-15% ga oshirish imkonini bergan;
asosiy legirlovchi elementi magniy va tarkibida yuqori miqdorda aralashmalar bo‘lgan alyuminiy qotishmalarini yuqori haroratda qizdirishni nazarda tutuvchi termik ishlov berish usulini qo‘llash, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK NMZ IChBda joriy etilgan. (Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2021 yil 30 noyabrdagi 02-06-07/11540-son ma’lumotnomasi). Natijada termik ishlov berilmaydigan alyuminiy-magniyli qotishmalarning termik mustahkamlanishi ta’minlandi va ularning mexanik xususiyatlari 1,20-1,25 gacha oshirish imkonini bergan;
yangi qotishmani muvozanatlashgan qattiq holatdan 3-5°C yuqori haroratgacha toblab qizdirish “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” NMZ ishlab chiqarish birlashmasida joriy etildi (Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2021 yil 30 noyabrdagi 02-06-07/11540-son ma’lumotnomasi). Natijada qotishmani 3-5soat davomida qizdirib toblash nisbiy cho‘zilishni 10-12% ga oshishiga, komponentlar konsentratsiyasi yuqori chegaraviy miqdoriga ega bo‘lgan qotishma uchun esa vaqt qarshilik va oquvchanlik chegarasi 15-18% gacha oshirish imkonini bergan;