Ulugov Golibjon Davlatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quymalar strukturasini yaxshilash orqali ma’dan maydalagichlar quyma detallarini ishlash samaradorligini oshirish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2491.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor, Tolibov Behzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori marganesli eyilishga bardoshli po‘lat tarkibini bor elementi bilan samarali modifikatsiyalash orqali quymalar strukturasini yaxshilab, ma’dan maydalagichlar quyma detallarining ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori marganesli eyilishga bardoshli po‘lat tarkibiga bor elementining singish miqdoriy ko‘rsatgichlari kiritilayotgan bor elementining optimal miqdori asosida ishlab chiqilgan;
yuqori marganesli eyilishga bardoshli po‘latni bor elementi bilan modifikatsiyalash asosida, quymalar strukturasini nometall qo‘shilmalar bilan umumiy ifloslanishi darajasini 25% gacha kamayishini ta’minlovchi suyuqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ma’dan maydalagichlar quyma detallarini toblash jarayonidagi strukturaviy o‘zgarishlarni dinamikasi asosida, quymalarga termik ishlov berishning vaqti 2 soatga qisqartirilgan optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bor elementi bilan modifikatsiyalangan yuqori marganesli eyilishga bardoshli po‘lat ishlab chiqarishda, magnitli fraksiyani (texnogen chiqindilarni) suyuqlantirish jarayonida zararli hisoblanadigan oltingugurt miqdorini 0,15% dan 0,04% gacha kamaytirish asosida olingan “quyma cho‘yan” dan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ul`tratovush to‘lqinlarini austentnning 1 ballik donlarida 4 desibelga so‘nish farqlariga asoslanib, “Chasha qoplamasi” va “Konus qoplamasi” quyma detallaridagi austenit donadorligini aniqlashning metodikasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quymalar strukturasini yaxshilash orqali ma’dan maydalagichlar quyma detallarining ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“Navoiy kon-metallurgiya kombiniti” AJ Markaziy kon boshqarmasi “OUEO‘S” konida ishlatiladigan yuqori marganesli po‘latdan “Chasha qoplamasi” va “Konus qoplamasi” quyma detallarini bor elementi bilan modifikatsiyalash texnologiyasi ishlab chiqildi va joriy etildi (2022 yil 25 avgust sanasidagi 23.01-01-07/522 sonli “NKMK” AJ ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu quyma detallar mustahkamlik ko‘rsatgichlari 14-18%ga oshirish imkonini bergan, bunda yuqori marganesli po‘latning kimyoviy tarkibi, shu jumladan bor 0,003% ga xrom 1% gacha va borshqa barcha kimyoviy elementlarning o‘zgarishi o‘rtacha 1-4% ni tashkil etgan;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasi “OUEO‘S” konida bor bilan modifikatsiyalangan yuqori marganesli po‘latning kimiyoviy tarkibi asoslanib berildi, shuningdek quyish texnologiyasidagi o‘zgarishlar va termik ishlov berish texnologiyasini optimallashtirish joriy etildi (2022 yil 25 avgust sanasidagi 23.01-01-07/522 sonli “NKMK” AJ ma’lumotnomasi). Natijada “Chasha qoplamasi” va “Konus qoplamasi” quyma detallarining zarbiy qovushqoqligi 1,1 – 1,3 barobar, qattiqligi esa 1,2 – 1,5 barobar oshirish imkonini bergan;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasi “OUEO‘S” konida “Chasha qoplamasi” va “Konus qoplamasi” quyma detallar ishlab chiqarilishida bor elementi bilan modifikatsiyalangan qotishmadan foydalanilganda ushbu detallarning mexanik va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan (2022 yil 25 avgust sanasidagi 23.01-01-07/522 sonli “NKMK” AJ ma’lumotnomasi). Natijasida ma’dan maydalagichlar quyma detallarining ishlash muddati 20% gacha oshirilishiga erishilgan.