Abdukadirova Ikbol Kamaldjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarning tug‘ma va orttirilgan neyrosensor karlikda asab-psixik rivojlanishini baholash», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1 PhD/Tib1698.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda psixo-nevrologik rivojlanishini xisobga olgan xolda klinik va neyrofiologik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi mavjud bolalarda erta eshitish, gnozis va oliy po‘stloq funksiyalari buzilishining rivojlanish xavf omillari (qarindoshlik nikohi, giperbilirubinemiya) aniqlangan;
ilk bor neyrosensor eshitish zaifligi mavjud bolalarda psixo-nevrologik rivojlanish buzilishining eshitish pasayishi darajasi bilan bosh miya bioelektrik faolligi orasida markaziy asab tizimining postgipoksik va toksik shikastlanishi sababli to‘g‘ri mutanosiblik aniqlangan;
neyrosensor eshitish zaifligi mavjud bolalarda rivojlanish kognitiv buzilishi eshitish bilan chaqirilgan potensiallar bilan sensor tizimning markaziy va periferik bo‘limlari orasida sensor tizimining organik shikastlanish sababli to‘g‘ri mutanosiblik aniqlangan;
tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi mavjud bolalarda qisqa latent eshitish potensiallari tarkibiy qismlarining buzilishlari etiologik omillarga bog‘liq emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda asab-aqliy rivojlanishini o‘rganishda qiyosiy yondashuvlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
neyrosensor eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda diagnostika va profilaktika usullarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda neyrooftal`mologik kasalliklarni klinik va fuksional baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/468-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda neyrooftal`mologik buzilishlarning havfli omillarini aniqlashga yo‘naltirilgan va bolalarda eshitish va ko‘rish qobiliyati buzilishini erta aniqlash imkonini bergan;
tug‘ma va orttirilgan neyrosensor eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda neyrooftal`mologik kasalliklarni klinik va fuksional baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2- klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi Samarqand filiali amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 08-40308-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda neyrooftal`mologik buzilishlarni erta tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan.