Bo‘rieva Xurshida Parda qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati agrobiotsenozi koksinellidlari (Coleoptera, Coccinellidae)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B441.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori; Muminov Boqijon Alimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo agrobiotsenozi koksinellid-larining tur tarkibini aniqlash hamda bioekologiyasi asosida o‘simlik zararkunandalarini nazorat qilish usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyati agrobiotsenozida Koksinellidlar (Coccinellidae) oilasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 ta kenja oila, 19 ta avlodga mansub 38 ta tur va kenja tur aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun Chilocorus subindicus (Booth, 1998) koksinellid turi aniqlangan;
birinchi marta Chilocorus subindicus (Booth, 1998) turining mDNK ni COI sohasi nuklotidlar ketma-ketligi aniqlangan;
koksinellidlarining asosiy ekologik guruhlari, rivojlanish sikllari hamda turli agrobiotsenozlarda tarqalish xususiyatlari ochib berilgan;
Qashqadaryo viloyati agrobiotsenozi koksinellidlari ilk bor ekologik xususiyatlari ochib berilib, fitobiontlar bo‘yicha taqsimlanishiga ko‘ra 5 ta guruhga, namlik talabiga ko‘ra 4 ta guruhga, oziqlanish xususiyatiga ko‘ra 3 ta guruh va 7 ta kenja guruhlarga ajratilgan;
koksinellidlarni o‘simlik zararkunandalarga qarshi kurashda biologik samaradorligini takomillashtirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati agrobiotsenozi koksinellidlari (Coleoptera, Coccinellidae) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Coccinellidae oilasiga tegishli bo‘lgan 21 turga mansub 67 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 2 noyabrdagi 4/1255-2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar koksinellidlar fondini boyitgan va xonqizi turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
morfologik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan Adalia tetraspilota (Hope, 1831) va Chilocorus subindicus (Booth, 1998) koksinellid turlarining molekulyar-genetik tahlili asosida mDNK CO1 cohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2022 yil 14 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Adalia tetraspilota (Hope, 1831) turi uchun - OP380866; Chilocorus subindicus (Booth, 1998) turi uchun - OP394073 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.