Ravzatov Jasurbek Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda kardiogemodinamik buzilishlarni prognozlash, davo va profilaktik chora tadbirlarni ishlab chikish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.3.PhD/Tib2081.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Moxigul Azimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda kardiogemodinamik buzilishlarning xususiyatlarini aniqlash va sirrotik kardiomiopatiya rivojlanishini bashoratlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda qon aylanish tizimidagi o‘zgarishlar, miokardning funksional va elektrofiziologik o‘zgarishlari bir biri bilan mantiqiy bog‘liqligi asoslangan;
virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda miokard chap qorinchasi diastolik faoliyati buzilishiga qadar tuzilmaviy ko‘rsatkichlarda QT intervali ko‘rsatkichining uzayishi (r<0.001) isbotlangan;
ilk bor virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda ul`tratovush tekshiruvida simpatik nerv tizimini uzoq davom etuvchi yuqori faolligi β-adrenoreseptorlarni boshqarilishining buzilishi sababli chap bo‘lmacha, o‘pka arteriyasi fibroz halqasi kengayishi, qorinchalar aro to‘siq qalinlashishi va chap qorincha miokard massasi kattalashishi va uning modifikatsiyalangan ta’siri isbotlangan;
ilk bor jigar sirrozida xolesistokinin-8 va Nt–pro BNP parchalanishini kamayishi, proteaza ingibitorlari buni kuchaytirishi, shu bilan birga ushbu peptidlarni yurak faoliyati va yurak ritmi boshqaruvida ularni 57,7 % gacha kamayishiga olib kelishi va sirrotik kardiomiopatiyaning oldini olish orqali ishtirok etishi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda kardiogemodinamik buzilishlarni prognozlash, davo va profilaktika chora tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
virusli jigar sirrozi bilan kasallangan kontingentda kasallikning davo va profilaktik chora tadbirlari yuzasidan muammolar, ularning echimi, hamda, davo samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli jigar kasalliklarida yurak patologiyasini erta prognozlash va davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi 8 n-r/785-son ma’lumotnomasi). Natijada turli somatik kasalliklarni tashxislash va davolashdagi kamchilliklar natijasida rivojlangan virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda yurak faoliyati buzilishini erta namoyon bo‘lgan shakllarini aniqlash imkonini bergan.
virusli jigar sirrozida bilan kasallangan kontingentda kasallikning davo va profilaktik chora tadbirlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi O‘zbekiston tuman va Namangan viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n–3/371–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aprotinin va veroshpiron bilan birgalikda qo‘llaganda qisqa zanjirli peptidlar, shu jumladan xolesistokinin-8 va yurak disfunksiyasini belgilovchi Nt–pro BNP qondagi miqdorini pasaytirishi natijasida gemodinamik buzilishlarni kamaytirish, oldini olishda maqsadli dasturlar ishlab chiqish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, profilaktik chora tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan.