Qodirov Zohidjon Eralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlar noravshanligi holatida fermer xo‘jaliklari rivojlanishini imitasion modellashtirish”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1674.
Ilmiy rahbar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, O‘zRFA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullayev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika fermer xo‘jaliklarini axborotlar noravshanligi sharoitida rivojlanishini imitasion modellashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklari rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq ravshan va noravshan omillar ta’sirining ko‘p bosqichli imitasion modellarini ishlab chiqish hamda xo‘jalik faoliyatiga tatbiq etish orqali iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
aholi zich yashovchi hududlarda fermer xo‘jaliklari yer maydoni o‘lchami bo‘yicha daromad va xarajatlar o‘zgarishi yer, mehnat va kapital hajmi bilan o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqarish funksiyasidan foydalangan holda asoslangan;
Baliqchi tumanidagi axborotlar noravshanligi muhitida kichik va yirik fermer xo‘jaliklari yer maydonlari o‘lchamining [1:1,5:3:4] nisbatlarida ishlab chiqarish tarkibi hamda ular istiqbolda rivojlanishining muqobil variantlari ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklari yer unumdorligi, suv, o‘g‘itlar va mehnat resurslarining paxta, don va boshqa ekinlar hosildorligiga ta’siri samaradorligi qo‘shimcha mahsulot, olingan daromad, sarflangan xarajatlar darajalarini prognoz qilish orqali baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda axborotlar noravshanligi sharoitida fermer xo‘jaliklari rivojlanishini imitasion modellashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
fermer xo‘jaliklari rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq ravshan va noravshan omillar ta’sirining ko‘p bosqichli imitasion modellarini ishlab chiqish hamda xo‘jalik faoliyatiga tatbiq etish orqali iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Hududlarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 07/35-04/6624-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01/03-2504/22-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fermer xo‘jaliklariga cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
aholi zich yashovchi hududlarda fermer xo‘jaliklari yer maydoni o‘lchami bo‘yicha daromad va xarajatlar o‘zgarishi yer, mehnat va kapital hajmi bilan o‘zaro bog‘liqligi ishlab chiqarish funksiyasidan foydalangan holda asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Hududlarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 07/35-04/6624-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01/03-2504/22-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatdagi fermer xo‘jaliklari yer maydonidan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Baliqchi tumanidagi axborotlar noravshanligi muhitida kichik va yirik fermer xo‘jaliklari yer maydonlari o‘lchamining [1:1,5:3:4] nisbatlarida ishlab chiqarish tarkibi hamda ularning istiqbolda rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan muqobil variantlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, Andijon viloyati Baliqchi tumani fermer xo‘jaliklari faoliyatini boshqarishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 07/35-04/6624-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01/03-2504/22-son, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2022 yil 24 yanvardagi 01/05-55-son, Baliqchi tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2021 yil 24-sentyabrdagi 01/136-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Baliqchi tumani fermer xo‘jaliklarida kichik fermer xo‘jaliklarida optimal reja bo‘yicha bir gektaridan 1,0-1,3 syentner, yirik fermer xo‘jaligi bo‘yicha gektariga 2 syentner qo‘shimcha paxta hosili olish imkonini bergan;
fermer xo‘jaliklari yer unumdorligi, suv, o‘g‘itlar va mehnat resurslarining paxta, don va boshqa ekinlar hosildorligiga ta’siri samaradorligi qo‘shimcha mahsulot, olingan daromad, sarflangan xarajatlar darajalarining prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, Andijon viloyati Baliqchi tumani fermer xo‘jaliklari faoliyatini boshqarishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 07/35-04/6624-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01/03-2504/22-son, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2022 yil 24 yanvardagi 01/05-55-son, Baliqchi tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2021 yil 24-sentyabrdagi 01/136-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Baliqchi tumani fermer xo‘jaliklarida bir gektar yer maydonidan olingan daromad 13,6 mln. so‘mdan 17,7 mln. so‘mga, o‘rtacha rentabellik darajasi 17,4 % teng bo‘lgan.