Nabiev Bekzod Kamaliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tijorat banklari daromadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy risklarni baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanishni samarali usullari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1904.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: AT “Aloqabank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bank sohasiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ularning daromadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy risklarni baholashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida yuzaga keladigan operatsion risklarni standartlashtirilgan o‘lchash yondashuvi (SMA) orqali baholashda riskni qoplash uchun zarur bo‘ladigan kapital miqdori “sof foyda hisobiga qoplash samarali (0 < I1 <1)”, “ sof foyda hisobiga qoplash samarasiz (I1> 1)” chegara indekslari ishlab chiqilgan;
raqamli statistik usullar asosida bank mijozlarining kredit qobiliyatini baholashda qarz oluvchi ma’lumotlarini avtomatik tahlil qilish asosida mijoz uchun maqbul kredit limitini o‘rnatish taklifi asoslangan;
bankning mijozlariga shaxsiy tajribalarni taqdim etish va xizmatlari sifatini oshirish uchun masofadan biometrik idenfikatsiyalashning “bank stacks” platformasiga “uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilari” bazasini kiritish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari kredit portfelini risk darajasini minimallashtirishda tarmoqlarni “klaster”larga ajratish va diversifikatsiya darajalarini “diversifikatsiya darajasi past (n≤3)”, “diversifikatsiya darajasi o‘rtacha (4≤n≤7)”, “diversifikatsiya darajasi etarlicha (8≤n≤10)”, “diversifikatsiya darajasi yuqori (11≤n≤13)”, “diversifikatsiya darajasi juda yuqori (n≥14)” toifalar bo‘yicha baholash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari daromadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy risklarni baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning samarali usullaridan foydalanishning ilmiy natijalari asosida:
tijorat banklarida yuzaga keladigan operatsion risklarni SMA baholash orqali baholashda riskni qoplash uchun zarur bo‘ladigan kapital miqdori bo‘yicha taklifi (“Turonbank” AT boshqaruv raisining 2020 yil 28 avgustdagi 89/4-son qarori, “Trastbank” XAB boshqaruvining 2020 yil 28 avgustdagi 89/4-son qarori bilan banklar amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifning joriy etilishi asosida tijorat bankining 2020 yilda o‘rtacha yalpi daromadi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 % pasayishga erishilgan;
bankning mijozlariga shaxsiy tajribalarni taqdim etish va xizmatlari sifatini oshirish uchun masofadan biometrik idenfikatsiyalashning “bank stacks” platformasiga “uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilari” bazasini kiritish bo‘yicha taklifi (“Trastbank” XAB boshqaruvining 2020 yil 28 avgustdagi 89/4-son qarori bilan banklar amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni bank amaliyotiga joriy etilishi natijasida bankning 2020 yilda foizli daromadi 437,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 219,1 mlrd. so‘mga oshirilishga erishilgan;
bankning mijozlariga shaxsiy tajribalarni taqdim etish va xizmatlari sifatini oshirish uchun masofadan biometrik idenfikatsiyalashning “bank stacks” platformasiga “uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilari” bazasini kiritish bo‘yicha taklifi (“Turonbank” AT boshqaruv raisining 2020 yil 30 martdagi 35/5-son qarori bilan bank amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni bank amaliyotiga joriy etilishi natijasida bankning 2020 yil boshida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha pul aylanmalari 236,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va ushbu aylanmalardan olingan daromad 809,3 ming AQSh dollarini tashkil etgan;
tijorat banklari kredit portfelini risk darajasini minimallashtirishda tarmoqlarni “klaster”larga ajratish va diversifikatsiya darajalari bo‘yicha taklifi (“Turonbank” AT boshqaruv raisining 2020 yil 30 martdagi 35/5-son qarori, “Trastbank” XAB boshqaruvining 2020 yil 28 avgustdagi 89/4-son qarori bilan banklar amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning xalqaro moliya muasasasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonchli aloqa bog‘lash imkoniyatini oshirish natijasida 2020 yil boshida eksport shartnomalari bo‘yicha jami tushum 126,7 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.