Israilova Dilfuza Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt314.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni (xo‘jalik jinoyatchiligi, norasmiy iqtisodiyotda band bo‘lganlar, eng boy va eng kambag‘allar daromadi-xarajatlari nisbati, ishsizlik darajasi) minimallashtirish (vaqtinchalik mehnat migratsiyasi va chet elda olingan daromadlar tavakkalchiliginini minimallashtirish, chegaraviy qiymatlarni aniqlash), monitoringini tashkil qilish (monitoring dasturini ishlab chiqish), yangi tendensiyalarni baholashga ko‘ra tashqi migratsiya jarayonining “davlat, jamiyat, shaxs” xavfsizligiga ta’sirini baholash metodologiyasi takomillashtirilgan; 
mehnat migratsiyasining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholash-ning uslubiy yondashuvi migratsiya ta’siri oqibatlarining tipologik matrisasini ishlab chiqish, shunga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni to‘plashning o‘ziga xos usulini asoslagan holda ma’lumotlarni yig‘ish uchun mas’ul bo‘lgan muayyan ijro etuvchi organ o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka ko‘ra takomillashtirilgan;
mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmi migratsiyaning inson kapitaliga ta’sirini ijobiy yo‘naltirish, ijtimoiy-iqtisodiy xavflarni oldini olish, malakali mehnat migrantlarining chetga chiqib ketishini kamaytirish va ta’lim migratsiyasi bo‘yicha hududiy dasturlar tuzish, o‘qish uchun ketgan talabalar monitoringini yo‘lga qo‘yib, qaytishini ta’minlashga qaratilgan tizimini ishlab chiqish, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimidan maqsadli foydalanish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
mehnat migratsiyasi tizimini fuqarolar va ularning oilalarini mehnat migratsiyasidan oldin, davomida va qaytganidan keyin qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy mexanizmlarini joriy etish, sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish kabilarga ko‘ra tashkiliy-iqtisodiy jihatdan takomillashtirish taklif etilgan; 
aholining umumiy daromadi va mehnat migrantlarining pul jo‘natmalari tarkibiga ko‘ra transfertlardan daromadlarning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni minimallashtirish, monitoringini tashkil qilish, yangi tendensiyalarni baholash imkonini beruvchi tashqi migratsiya jarayonining “davlat, jamiyat, shaxs” xavfsizligiga ta’sirini tahlil qilishning takomillashtirilgan metodologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qarori 1-ilovasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ulligidagi 10-maqsad, 10.7-milliy vazifani va bu vazifani izchil amalga oshirish dasturlarini” ishlab chiqishda   foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-/03/19-11887-con ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan uslubiyotni amaliyotga tatbiq etilishi milliy migratsiya siyosati vositalari bilan iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan; 
mehnat migratsiyasining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholashning takomillashgan uslubiy yondashuvidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qarori 1-ilovasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ulligidagi 10-maqsad, 10.2-milliy vazifani va bu vazifani izchil amalga oshirish dasturlarini” ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-/03/19-11887-con ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga tadbiq qilinishi mehnat migratsiyasining iqtisodiy rivojlanishga salbiy va ijobiy ta’sirlariga ko‘ra muammolar spektrini aniqlash, uslubiy takomiliga ko‘ra mehnat migratsiyasi jarayonida munosib va xavfsiz muxitni barpo etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmi migratsiyaning inson kapitaliga ta’sirini ijobiy yo‘naltirish, ijtimoiy-iqtisodiy xavflarni kamaytirish, malakali mehnat migrantlarining chetga chiqib ketishini kamaytirish va ta’lim migratsiyasi bo‘yicha hududiy dasturlar tuzish, o‘qish uchun ketgan talabalar monitoringini yo‘lga qo‘yib, qaytishini ta’minlashga qaratilgan tizimini ishlab chiqish, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimidan maqsadli foydalanish kabilarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son “Horijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi Farmonining ijtimoiy muxtoj oila a’zolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga oid qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-/03/19-11887-con ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mehnat migrantlarining oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy muxtoj oilalar daromadlari va turmush darajasini oshirishga hamda mehnat migratsiyasi jarayoniga tadbiq qilish tartibga solishdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat migratsiyasi tizimini fuqarolar va ular oilalarini mehnat migratsiyasidan oldin, davomida va qaytganidan keyin qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy mexanizmlarini joriy etish, sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish kabilar asosida tashkiliy-iqtisodiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-bob 9-modda 3-xatboshi “xorijda fuqarolarni mehnat faoliyatini tartibli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi  horijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzish” deb nomlangan punktni shakllantirish jarayonida foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-/03/19-11887-con ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xorijdan qaytgan migrantlarni jamiyatga moslashtirish, integratsiyalashtirish, tajribasiga mos ishga jalb qilish, norasmiy mehnat migratsiyasining miqyosini kamaytirishga karatilgan davlat-xususiy hamkorlik samarasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
aholining umumiy daromadi va mehnat migrantlarining pul jo‘natmalari tarkibiga ko‘ra transfertlardan daromadlarning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarorini loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-/03/19-11887-con ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan prognoz ko‘rsatkichlari transfert oqimlari ortishining imkoniyatlariga ko‘ra amalga oshirilayotgan tashkiliy-ijtimoiy kafolatlar samaradorligini yanada oshirishga muayyan darajada xizmat qilib, mehnat migrantlarining faoliyat jarayonidagi daromadlarining oshib borish tendensiyalarini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish