Avezova Shaxnoza Maxmudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion rivojlanish sharoitida mehnat resurslarini transformatsiyasi», 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1. PhD/Iqt247. 
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Xayitov Sherbek Naimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc. 22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sxay Lana Aleksandrovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion rivojlanish sharoitlarida mehnat resurlari transformatsiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslari innovatsion transformatsiyasi sharoitida texnologik yo‘nalishda o‘quv markazlari va monomarkazlarni jadal rivojlantirish, soliq imtiyozlarini keng joriy qilishga ko‘ra mehnat kelishuvlari «legallik» darajasini oshirish, elektron birjalarni ustuvor rivojlantirish kabilarning maqsadga muvofiqligi asoslangan;  
korxona mehnat salohiyati innovatsion faolligini oshirishda  benchmarking jarayonli yondashuvining eng maqbulligi asoslangan holda istiqbolda shtatlarni qisqartirish xavfini kamaytirish va xodimlarning mehnati faoliyatidan qoniqish darajasini oshirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
Buxoro mintaqaviy mehnat bozorining 2021-2030 yillarda rivojlantirishning asosiy prognoz parametrlari asoslangan;
innovatsion rivojlanish sharoitida mehnat resurslari transformatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar oqibatlari nazariy jihatdan ochib berilgan holda transformatsiyaga ko‘ra tashkilotlar «vertikal» aloqalari «gorizontal» aloqalarga o‘tib borishi, «xodim» va «ish beruvchi» o‘rtasida ishonch-kafolatga asoslangan alohida hamkorlik munosabatining yuzaga kelishi, «kelajak» ko‘nikmalariga ega mutaxassis tomonidan buyurtmalar portfeli shakllantiri-lishi va transformatsiyalanishning asosiy yo‘nalishlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida quyidagilar taklif qilindi:  
mehnat resurslari innovatsion transformatsiyasi sharoitida, jumladan texnogogik yo‘nalishda o‘quv markazlari va monomarkazlarni jadal rivojlantirish, soliq imtiyozlarini keng joriy qilishga ko‘ra mehnat kelishuvlari «legallik» darajasini oshirish, elektron birjalarni ustuvor rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Buxoro viloyati mehnat resurslari salohiyatini oshirish va samarali foydalanishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 01/00-03/16-1067-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mehnat bozorida bandlikni tartibga solish (boshqarish)ga qaratilgan mehnat va bandlik moslashuvchanligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, mehnat resurslarining innovatsion tarkibiy qismini yanada aniqroq e’tiborga olgan holda aholi bandligini oshirishning imkoniyatlarini kengaytirish va sohada ta’lim sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat salohiyati innovatsion faolligini oshirishda benchmarkingning jarayonli yondashuvi eng maqbulligiga ko‘ra personalni innovatsion rivojlanish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda istiqbolda shtatlarni qisqartirish xafini kamaytirish, xodimlarning mehnat faoliyatidan qoniqish darajasini oshirishga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi bo‘ytcha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Buxoro viloyati mehnat resurslari salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 01/00-03/16-1067-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif foydalanish Buxoro viloyatini istiqbolda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda hududiy bandlik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga muayyan darajada uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
Buxoro mintaqaviy mehnat bozorining samarali shakllantirilishi asosiy ko‘rsatkichlari rivojlanishining ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Buxoro viloyati mehnat resurslari salohiyatini oshirish va ulardan  samarali foydalanishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil  4 fevraldagi 01/00-03/16-1067-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar istiqbolda hududiy mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Buxoro viloyatida iqtisodiy faol aholi sonini 1,2% ga oshirish imkonini bergan;
innovatsion rivojlanish sharoitida mehnat resurslari transformatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar oqibatlari nazariy jihatdan ochib berilgan holda transformatsiyaga ko‘ra tashkilotlar «vertikal» aloqalari «gorizontal» aloqalarga o‘tib borishi, «xodim» va «ish beruvchi» o‘rtasida ishonch va kafolatga asoslangan alohida hamkorlik munosabatining yuzaga kelishi, «kelajak» ko‘nikmalariga ega mutaxassis tomonidan buyurtmalar portfeli shakllantirilishi hamda transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Buxoro viloyati mehnat resurslari salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 4 fevraldagi 01/00-03/16-1067-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududiy dasturlarni asoslash, prognoz ko‘rsatkichlarning aniqlik darajasini oshirish, xodimlarni kelajak mutaxasisliklariga tayyorlash (qayta tayyorlash) va aholi bandligini oshirishning qo‘shimcha  imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish