Eshbekova Dilafro‘z To‘ychievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston davriy matbuotida targ‘ibotning tasviriy vositalari (1925-1941 yillar “Qizil O‘zbekiston” gazetasi misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar476.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor, Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 19251941 yillar O‘zbekiston davriy matbuoti, xususan, “Qizil O‘zbekiston” gazetasi vizualobrazli tasvirlari mazmunida aks etgan targ‘ibot g‘oyalarini, ular bajargan targ‘ibot vazifalarini aniqlash, ularning shu davr targ‘ibot vositalari tizimidagi o‘rni va rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
19251941 yillar O‘zbekiston markaziy davriy matbuoti nashrlaridan biri bo‘lgan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining vizualobrazli Sovet hokimiyatining dastlabki bosqichidagi tashviqotida qochqin, dezirtir, ziyoli, qariya, bola, Oq gvardiya va Qizil Armiya, kazak, dengizchi, ishchi, dushman qiyofasi murakkablashib, o‘zida turli xil sobiq va hozirgi raqiblarni tasvirlari targ‘ibot vositalari, xalq ommasi orasida tushuntiruvchi, targ‘ib etuvchi, partiya va hukumatning eng muhim qarorlarini amalga oshirishda ommani safarbar etuvchi vazifalarni bajarganligi aniqlangan;
19251941 yillar O‘zbekiston tarixining kommunistik mafkurani, uning nazariy asoslarini, markscha-lenincha ta’limotini keng targ‘ib etganligi, kompartiyaning iqtisodiyot, madaniyat, milliy munosabatlar borasidagi siyosati, baynalmilal, ateistik, mehnat tarbiyasi yo‘nalishlarida davriy matbuot fotohujjatlari, karikaturalar va boshqa rassomchilik suratlari kabi manbaviy ma’lumotlar mavjudligi dalillangan;
davriy matbuot nashrlarining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi natijasida targ‘ibot vositalari sovet ma’muriyatining sohada olib borgan siyosatiga bog‘liq bo‘lib qolganligi hamda targ‘ibotning tasviriy vositalari ham mazkur jarayonga faol jalb qilinganligi ochib berilgan;
sovet davrida matbuotdagi tasviriy vositalarga axborotlashtirish siyosatining asosiy mezonlaridan biri sifatida qaralganligi, gazetada ijobiy va salbiy ma’noda berilgan suratlar ortganligi aniqlanib, davriy matbuot surat va karikaturalari mazmunida ifodalangan mehnatga va ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy munosabat, munosabatlarning yangi me’yorlari, jamoaviy mehnatning yangi uslublari, ijtimoiy musobaqaning yangi shakllari, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, ishlab chiqarish masalalariga ijodiy munosabat, ortdaqoluvchilarga yordam kabi targ‘ibot modellari mavjud bo‘ganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1925-1941 yillarda O‘zbekiston davriy matbuotida targ‘ibotning tasviriy vositalarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
19251941 yillar O‘zbekiston markaziy davriy matbuoti nashrlaridan biri bo‘lgan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining vizualobrazli Sovet hokimiyatining dastlabki bosqichidagi tashviqotida qochqin, dezirtir, ziyoli, qariya, bola, Oq gvardiya va Qizil Armiya, kazak, dengizchi, ishchi, dushman qiyofasi murakkablashadi, o‘zida turli xil ko‘plab sobiq va hozirgi raqiblarni (nafaqat harbiy raqiblar, balki Sovet jamiyatiga begona ijtimoiy guruhlarning vakillari ham) tasvirlari targ‘ibot vositalari, xalq ommasi orasida tushuntiruvchi, targ‘ib etuvchi, partiya va hukumatning eng muhim qarorlarini amalga oshirishda ommani safarbar etuvchi vazifalarni bajartiruvchi aks etgan shakl, tizimli, rejali va aholi barcha qatlamlarini qamrab olgan usul va ommaga sovet davlati siyosatini targ‘ib etish, aholini u bergan ko‘rsatmalar asosida sotsializm qurish yo‘llarida safarbar etish va “qayta tarbiyalash” mavzu yo‘nalishlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanib kelinayotgan 19231930 yillarda o‘zbek tili arab alifbosida chop etilgan gazetalardagi tahririyat (bosh) maqolalari, shuningdek, suratlarning bibliografik ko‘rsatkichi tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining 2020 yil 6 martdagi 11-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada maqolalar, shuningdek, suratlarning bibliografik ko‘rsatkichi va ilmiy tavsifi fondlarni tartibga solish, ulardan tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, foydalanuvchilar tomonidan maqsadli, samarali foydalanishda, gazeta va jurnallar ko‘rgazmalari taqdimotlarida to‘liq axborot taqdim etish imkonini yaratish bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.
sovet davrida matbuotdagi tasviriy vositalarga axborotlashtirish siyosatining asosiy mezonlaridan biri sifatida qaralganligi, gazetada ijobiy va salbiy ma’noda berilgan suratlar ortganligi aniqlanib, davriy matbuot surat va karikaturalari mazmunida ifodalangan mehnatga va ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy munosabat, ishlab chiqarishda munosabatlarning yangi me’yorlari, jamoaviy mehnatning yangi uslublari, ijtimoiy musobaqaning yangi shakllari, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, ishlab chiqarish masalalariga ijodiy munosabat, ortdaqoluvchilarga yordam kabi targ‘ibot modellari ko‘rsatib berilgan suratlar ortganligi aniqlandi hamda davriy matbuot surat va karikaturalari mazmunidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “Ibtido” va boshqa ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 2 avgustdagi 02-06-1223-son ma’lumotnomasi). Natija keng jamoatchilik orasida O‘zbekiston davriy matbuotining targ‘ibot faoliyati va uning vizualobrazli tasviriy vositalari masalasiga qiziqish ortishiga, ularning bu haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.