Karimova Nargiza Ikramovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar614.
Ilmiy rahbar: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor, Bo‘riyev Ochil , tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi tarixini qadimgi davrdan hozirgi kungacha yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
mahalliy tarixshunoslikda Markaziy Osiyo mintaqasida qadimgi va o‘rta asrlarda, O‘zbekistonning yangi va eng yangi davrida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari I davr: miloddan avvalgi 3-mingyillik - miloddan avvalgi 1-mingyillik Sharq, jumladan, Markaziy Osiyoning qadimgi sivilizasiyalarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar qo‘llanila boshlanganligi bilan tavsiflanadi; II davr: eramizning I-IV asrlari, qit’alararo ziravorlar yo‘llari shakllangan; III davr: V - XIV asrlar, Sharq va G‘arb mamlakatlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosiga ixtisoslashgan shaharlar va bozorlarning shakllanishi; IV davr: XVI - XX asrlar, maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar tashish uchun dengiz yo‘llarining shakllanishi, ularga egalik qilish uchun kuchlarning mustamlakachilik kurashi, sintetik maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi; V davr: XX asr oxiri - XXI asrning birinchi choragi jahon bozorlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarga bo‘lgan talabning ortishi, ularning assortimentining kengayishi, tibbiyot va xalq tabobatida hamda gastronomik turizmda faol qo‘llanilishi bilan belgilanganligi asoslangan;
maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarning (Hindixitoy mamlakatlaridan O‘rta Yer dengizigacha) paydo bo‘lishi, yetishtirish joylarining joylashuvi, muhim yo‘nalishlari va transportirovkasi kompleks ravishda (Janubiy-Sharqiy, Sharqiy-G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy) tadqiq qilindi, O‘zbekiston hududi maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarni ishlab chiqarish va transportirovka markazining asosiy bo‘g‘ini sifatida xizmat qilganligi isbotlangan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar (beda, darmin, qizilmiya ildizi, xandon pista) savdosida Markaziy Osiyo xonliklari va Turkiston o‘lkasi yetakchi bo‘lganligi va xalqaro savdoda ularning ulgurji Gamburg bozoriga (Germaniya) eng yirik yetkazib beruvchilari bo‘lganligi isbotlandi. Sovet davrida O‘zbekistonda maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarning ulgurji, chakana savdosi, do‘kon va ombor savdosi, bozorlardagi an’anaviy savdoni siqib chiqara olmadi. Ekin maydonlarining bir qismi paxta monokulturasiga berilganiga qaramay, ularning yangi turlari (xantal, zizifora, soya, safora, shakarqamish) bilan kengaytirilgan;
mustaqillik yillarida Jizzax, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani va kengaytirilgani, hamda hududiy mahalliy mahsulotlarni to‘ldirish imkonini berganligi, shuningdek, Parij, London, Sankt-Peterburg, Moskva, Nyu-Yorkda o‘zbek maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarini sotish bo‘yicha savdo uylari ochildi va gastronomik turizmning yangi turi – O‘zbekistonda za’faron va lavanda plantatsiyalariga sayohatlar tashkil qilinishiga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyuk Ipak yo‘lida maxsus ta’m beruvchi vositalar vaziravorlar savdosi tarixini o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi dastlab Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan. XVI asrdan boshlab esa Janubiy, Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy Osiyoni Sharqiy Osiyo bilan bog‘lagan mustaqil savdo yo‘liga aylangan va o‘zbek xonliklari maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi bo‘yicha vositachilik operasiyalari markaziga aylangan. Maxsus ta’m beruvchi vositalar vaziravorlar savdosi tarixini o‘rganishning ilmiy natijalari asosida Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Ipak yo‘lida Markaziy Osiyo mintaqalarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar yo‘nalishi” xaritasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining 2021 yil 28 oktabrdagi 315-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xarita sayyohlar va muzeylarga tashrif buyuruvchilar uchun ekspozisiya to‘plami sifatida tarixiy-madaniy merosni ommalashtirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimgi va o‘rta asrlarda, O‘zbekistonning yangi va eng yangi davrida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari: I davr: miloddan avvalgi 3-mingyillik - miloddan avvalgi 1-mingyillik Sharq, jumladan, Markaziy Osiyoning qadimgi sivilizatsiyalarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar qo‘llanila boshlanganligi bilan tavsiflanadi; II davr: milodning I-IV asrlari, qit’alararo ziravorlar yo‘llari shakllangan; III davr: V - XIV asrlar, Sharq va G‘arb mamlakatlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosiga ixtisoslashgan shaharlar va bozorlarning shakllanishi; IV davr: XVI - XX asrlar, maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar tashish uchun dengiz yo‘llarining shakllanishi, ularga egalik qilish uchun kuchlarning mustamlakachilik kurashi, sintetik maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi; V davr: XX asr oxiri - XXI asrning birinchi choragi jahon bozorlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarga bo‘lgan talabning ortishi, ularning assortimentining kengayishi, Yevroosiyo makonida turli xalqlar madaniy aloqalarining yaqinlashuvida va iqtisodiyot rivojida “Ziravorlar yo‘li” muhim savdo yo‘li bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali ishida, O‘zbekiston Respublikasi davlat televideniesining “Haqiqat chorrahasida” ko‘rsatuvida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi va “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 6 sentabrdagi 02.40-1427-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik orasida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi tarixiga qiziqish ortishiga, ularning bu haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan; 
mustaqillik yillarida Jizzax, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani va kengaytirilgani, hamda hududiy mahalliy mahsulotlarni to‘ldirish imkonini berganligi, shuningdek, Parij, London, Sankt-Peterburg, Moskva, Nyu-Yorkda o‘zbek maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlarini sotish bo‘yicha savdo uylari ochildi va gastronomik turizmning yangi turi – O‘zbekistonda za’faron va lavanda plantasiyalariga sayohatlar tashkil qilinishiga Buyuk Ipak yo‘lida maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi tarixini o‘rganish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, xususan, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 8 oktabrdagi 11/02-27-8373-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan tarixiy ma’lumotlar Toshkent viloyati Zangiota tumanida tashkil etilgan yosh tadbirkorlar uchun o‘quv dasturiga tatbiq etilib, ziravorlar solingan xushbo‘y qopchalar taqdim etilgan, flayerlar ishlab chiqilgan, barcha hududiy filiallarda maxsus ta’m beruvchi vositalar va ziravorlar savdosi tarixini o‘rganish orqali ziravorlar, dorivor o‘simliklar va ziravorlarni yetishtirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiladigan taqdimot o‘tkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish