Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining tashkiliy-huquqiy masalalari», 12.00.02. – Konctitusiyaviy huquq. Ma’mupiy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu162
Ilmiy rahbar: Husanov Ozod Tillaboevich, yupidik fanlap doktopi, ppofeccop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna, yuridik fanlar doktori, professor; Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish konstitutsiyaviy huquqining O‘zbekistonda amalga oshirish mexanizmi va ayrim shakllarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi fuqarolarga ommaviy ishlarni yuritishda, jumladan, ommaviy funksiyalarni bajarishda, ya’ni davlat va boshqa ommaviy organlar faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini berishi asoslab berilgan;
saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqaroviy kuzatuvni amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan, saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etish uchun kuzatuvchilar ko‘rsatish huquqini berish zarurati asoslangan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qonun loyihalariga tushuntirish xatlarini va boshqa ilova qilingan materiallarni, muhokama natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni joylashtirish, muhokama elektron manzili, vaqti to‘g‘risidagi e’lonlarni hamda qonun loyihalarining mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa yo‘llar bilan tarqatish muhokamalarda fuqarolarning ongli va samarali ishtirok etishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
amaldagi qonunchilikka ko‘ra fuqarolar jamoatchilik nazoratining shakllaridan bo‘lgan davlat organlariga murojaat qilish va so‘rovlar yuborish huquqiga ega ekanligini inobatga olgan holda hamda ularga davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish va boshqa huquqlarni berish uchun fuqarolarga jamoatchilik nazoratining sub’ekti maqomini berish zarurligi asoslab berilgan;
muhokama fikrlarning erkin almashinuvini anglatishi tufayli, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining onlayn jamoatchilik muhokamalarida berilgan har bir taklif, fikr-mulohazaga loyiha ishlab chiquvchilarning o‘z munosabatini bildirishi fuqarolarga loyiha bo‘yicha o‘z fikrlarini tiniqlashtirish, manfaatlar kelishuviga erishish va uning qabul qilinganidan keyin samarali ijrosiga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap quyidagilapda foydalanilgan:
saylovda fuqaroviy kuzatuvni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 9 iyuldagi 05/01-667-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida fuqarolar yig‘inlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun kuzatuvchilar ko‘rsatish huquqi berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qonun loyihalariga tushuntirish xatlarini va boshqa ilova qilingan materiallarni, muhokama natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni joylashtirish, muhokama elektron manzili, vaqti to‘g‘risidagi e’lonlarni hamda qonun loyihalarining mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa yo‘llar bilan tarqatish haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 5 apreldagi 1607–III-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5, 10, 17-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 9 iyuldagi 05/01-665-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar fuqarolarni onlayn jamoatchilik muhokamalarida faol ishtirok etishiga, qonun loyihalarini puxta o‘rganishlari va amaliy taklif berishlariga xizmat qilgan;
fuqarolarga jamoatchilik nazoratining sub’ekti maqomini berish haqidagi taklifdan 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 9 iyuldagi 05/01-666-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolarga davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish va boshqa huquqlarni berish uchun huquqiy asos bo‘lgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining onlayn jamoatchilik muhokamalarida ularni ishlab chiquvchilar tomonidan har bir kelib tushgan taklifga va fikr-mulohazaga o‘z munosabatini bildirishi zarurati PZ-20170926317 “O‘zbekistonda davlat xizmati tizimini rivojlantirish istiqbollari hamda davlat xizmatchilarini tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida tayyorlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini tayyorlashning tashkiliy-huquqiy asoslari” risolasida asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2020 yil 30 dekabrdagi 02/1104-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif muhokamada erkin fikr almashish va manfaatlar kelishuviga erishish, loyihalarni puxta tayyorlash va jamiyatda huquqiy madaniyatining o‘sishiga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan.