Gaipov Jasur Baxrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida to‘lov tizimi faoliyatini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2194.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Matluba Maxamadaminovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisod fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Trast Bank» XAB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida to‘lov tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklaridagi mijozlar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirishda ularning risk darajasi hamda mijozning to‘lov intizomi tarixiga ko‘ra guruhlarga ajratish orqali to‘lovlarni amalga oshirish izchilligini belgilash va tezkorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
tijorat banklari innovatsion mahsulot/xizmatlarini yaratish maqsadida an’anaviy to‘lov tizimidagi samaradorligi past jarayonlarni naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi SoftPOS texnologiyasi afzalliklari bilan almashtirish orqali bankning operatsion xarajatlarini kamaytirish taklifi asoslangan;
raqamli xizmat ko‘rsatish kanallari orqali magnitli xavfsiz uzatish (Magnetic Secure Transmission - MST) qo‘llashning nisbatan samarali jarayonlarini aniqlash hamda ularni izchil joriy etib borishni yo‘lga qo‘yish orqali tijorat banklarining masofaviy xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish taklifi asoslangan;
to‘lov tizimlarini raqamlashtirish omillarining tijorat banklari rentabelligi va raqobatbardoshligiga ta’sirining ekonometrik modeli asosida “Orient Finans” XATB faoliyatining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank sohasida raqamli to‘lov tizimlarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar “Orient Finans” XATB bank amaliyotiga joriy etildi.
tijorat banklaridagi mijozlar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirishda ularning risk darajasi hamda mijozning to‘lov intizomi tarixiga ko‘ra guruhlarga ajratish orqali to‘lovlarni amalga oshirish izchilligini belgilash va tezkorligini ta’minlash taklifidan “Orient Finans” XATB tomonidan “OFB Express” dasturiy kompleksini amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (“Orient Finans” XATBning 2022 yil 22 iyundagi 1846-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Internet tarmog‘i orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Bankning “OFB Express” dasturiy kompleksi amaliyotga joriy etilib, mazkur dastur orqali yuridik shaxslar tomonidan yiliga o‘rtacha 4,5 milliard so‘m (umumiy to‘lovlar hajmining 5 foizi)dan ortiq to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bergan;
tijorat banklari innovatsion mahsulot/xizmatlarini yaratish maqsadida an’anaviy to‘lov tizimidagi samaradorligi past jarayonlarni naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi SoftPOS texnologiyasi afzalliklari bilan almashtirish orqali bankning operatsion xarajatlarini kamaytirish taklifidan “Bank faoliyatiga innovatsion texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Orient Finans” XATBning 2022 yil 22 iyundagi 1846-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilning 6 oyi davomida eski rusumdagi POS-terminallarni xarid qilish bo‘yicha bank xarajatlari 44 million so‘m (10 foiz)ga tejash imkoni yaratilgan;
raqamli xizmat ko‘rsatish kanallari orqali magnitli xavfsiz uzatish (Magnetic Secure Transmission - MST) qo‘llashning nisbatan samarali jarayonlarini aniqlash hamda ularni izchil joriy etib borishni yo‘lga qo‘yish orqali tijorat banklarining masofaviy xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish taklifidan “Bank faoliyatiga innovatsion texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Orient Finans” XATBning 2022 yil 22 iyundagi 1846-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilning 6 oyi davomida tashkilotlarning 20 dan ortiq savdo shoxobchalari MST texnologiyalari asosidagi zamonaviy to‘lov vositalari bilan jihozlanib, 3000 dan ortiq jismoniy shaxslar mazkur to‘lov vositalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishi evaziga bankning masofaviy xizmatlaridan foydalanuvchilari sonini 2,5 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
to‘lov tizimlarini raqamlashtirish omillarining tijorat banklari rentabelligi va raqobatbardoshligiga ta’sirining ekonometrik modeli asosida “Orient Finans” XATB faoliyatining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Orient Finans” XATB faoliyatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy loyihasi”ni shakllantirishda foydalanilgan (“Orient Financ” XATBning 2022 yil 16 iyuldagi 2104-08-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘lov tizimini raqamlashtirish ko‘rsatkichlarining bank faoliyati samaradorligini oshirishga ta’siri kuchini belgilovchi omillarni raqamlashtirishning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan “Orient Finans” XATB faoliyatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy loyihasi”ga ko‘ra mazkur bankning sof foydasini 2026 yilda 2021 yilga nisbatan qariyb 80 foizga oshirish imkoni aniqlangan.