Mamurova Feruza Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axborotlashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1552.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Yermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidkarim Saidnabievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zgaruvchan mehnat faoliyati shart-sharoitlariga idientiv moslashuv, hamda bino va inshootlarni loyihalash jarayonida texnologik bosqichlar identivligini uzluksiz ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
axborot ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini aralash o‘qitish asosida tashkil etish, virtual ekskursiyalar orqali qurilish maydonlarida ob’ektlar bilan vizual ishlash hamda mustaqil loyihaviy faoliyatni ta’limning didaktik-mantiqiy strukturasiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti qurilish sohasiga doir kompleks bilim va ko‘nikmalarni uzluksiz tarkib toptirish, amaliy faoliyatga intensiv tayyorlash, arxitektura-qurilish sohasiga doir vazifalarning innovatsion yechimlarini mantiqiy tahlil asosida aniqlash hamda tadqiqotchilik faoliyati dinamikligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlari virtual birgalikdagi faoliyatni tashkil etish, innovatsion hamkorlik va qurilish industriyasining zamonaviy texnologiyalari va o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayonlari bilan internallik darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandis-quruvchilarda kasbiy kompetent yondashuvning pedagogik tizimini takomillashtirish buyicha o‘tkazilgan tadkikot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zgaruvchan mehnat faoliyati shart-sharoitlariga idientiv moslashuv, hamda bino va inshootlarni loyihalash jarayonida texnologik bosqichlar identivligini uzluksiz ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2022  yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-1057 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan. 
axborot ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini aralash o‘qitish asosida tashkil etish, virtual ekskursiyalar orqali qurilish maydonlarida ob’ektlar bilan vizual ishlash hamda mustaqil loyihaviy faoliyatni ta’limning didaktik-mantiqiy strukturasiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 16 martdagi 02-07-739/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-quruvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlari virtual birgalikdagi faoliyatni tashkil etish, innovatsion hamkorlik va qurilish industriyasining zamonaviy texnologiyalari va o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayonlari bilan internallik darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 2 martdagi 02/15-09/01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-quruvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda raqamli resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish