Yaxyaev Sobir Jumakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak muhandis - pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3504.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.30/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandis-pedagoglarni raqamli kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis-pedagoglar raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘qitishning didaktik tizim yaxlitligi, axborotlar olish va uni qayta ishlash jarayonlarining uyg‘unlashuvi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mustaqilligi hamda uslubiy-didaktik ta’minotini idientiv optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglar raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlari hamda baholash va natija komponentlari uzviyligida produktiv mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi ta’lim jarayoniga o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir individual topshiriqlar variantlarini illyustrativ va grafik matnlar tayyorlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglar raqamli kompetensiyalari rivojlanganlik darajalari ta’lim resurslarini raqamli kompetensiyalarga bosqichma-bosqich rivojlanish darajalarini aniqlab moslashtirish hamda baholashning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli mezonlarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandis-pedagoglarni raqamli kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak muhandis-pedagoglar raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘qitishning didaktik tizim yaxlitligi, axborotlar olish va uni qayta ishlash jarayonlarining uyg‘unlashuvi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mustaqilligi hamda uslubiy-didaktik ta’minotini idientiv optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnorlogiyalari” nomli o‘quv mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302 sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1167 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandis-pedagoglarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglar raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlari hamda baholash va natija komponentlari uzviyligida produktiv mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar “Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnorlogiyalari” nomli o‘quv mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302 sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1167 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish smaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi ta’lim jarayoniga o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir individual topshiriqlar variantlarini illyustrativ va grafik matnlar tayyorlash asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 8 fevraldagi 02-07-368/04 raqamli dalolatnomasi).Natijada raqamli kompetensiyalarni baholash mezonlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak muhandis-pedagoglarni raqamli kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalari ta’lim resurslarini raqamli kompetensiyalarga bosqichma-bosqich rivojlanish darajalarini aniqlab moslashtirish hamda baholashning motivatsion- qadriyatli, kognitiv-faoliyatli mezonlarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnorlogiyalari” nomli o‘quv mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302 sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-1167 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli kompetensiyalarni rivojlantiri samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan.