Soliev Oybek Farxodjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped556.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Allayarov Arshaf Dauletniyazovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning tashkilotchilik kompetenligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligi pedagogik interferensiya fenomenlarini faollashtirish, predmetli-algoritmli topshiriqlar variativligi hamda nostandart yechimlarni izlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlarining mazmuniga ko‘ra bosqichma-bosqich intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
    tinglovchilarning tashkilotchilik sifatlari evrologik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik-mantiqiy mashqlarni ishlab chiqish hamda rivojlantiruvchi-mantiqiy xulosalardan foydalanish ko‘nikmasini  o‘quv-bilish faoliyati xususiyatlariga ko‘ra prakseologik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
    tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligi texnologiyalari kasbiy bilimlarni oshirishga bo‘lgan doimiy ehtiyojni belgilab beruvchi sabab-qadriyat munosabatlarning  validligini belgilash, ta’lim subektlari faolligini produktivligini va kognitivligini  oshirish hamda ta’limiy salohiyatdan foydalanish produktivligini barqaror oshirish asosida takomillashtirilgan;
    malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirish modeli shaxslararo munosabatlar va axborot vositalarining kasbiy rivojlanishga ta’siri natijalari variativligini faktorli tahlil natijalariga ko‘ra ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan bilimlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligi pedagogik interferensiya fenomenlarini faollashtirish, predmetli-algoritmli topshiriqlar variativligi hamda nostandart yechimlarni izlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlarining mazmuniga ko‘ra bosqichma-bosqich intensivlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” nomli o‘quv qo‘llanma mamuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-094-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligini o‘qitish texnologiyalari vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan. tinglovchilarning tashkilotchilik sifatlari evrologik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik-mantiqiy mashqlarni ishlab chiqish hamda rivojlantiruvchi-mantiqiy xulosalardan foydalanish ko‘nikmasini  o‘quv-bilish faoliyati xususiyatlariga ko‘ra prakseologik rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-094-sonli  nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida turli metodlardan foydalanish bo‘yicha didaktik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan. 
tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligi texnologiyalari kasbiy bilimlarni oshirishga bo‘lgan doimiy ehtiyojni belgilab beruvchi sabab-qadriyat munosabatlarning  validligini belgilash, ta’lim subektlari faolligini produktivligini va kognitivligini  oshirish hamda ta’limiy salohiyatdan foydalanish produktivligini barqaror oshirish asosida takomillashtirishga oidtavsiyalar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-094-sonli  nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish texnologiyalarini resurslar bilan ta’minlashning konseptual asoslari, tashkiliy masalalariga kreativ yondashish tamoyillarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirish modeli shaxslararo munosabatlar va axborot vositalarining kasbiy rivojlanishga ta’siri natijalari variativligini faktorli tahlil natijalariga ko‘ra ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan bilimlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-sonli buyrug‘i asosida berilgan 522-094-sonli  nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning  tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish