Shamaxmudova Aziza Furkatovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nutqiy aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar” (ispan tili misolida) 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil293
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Baxranova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor; Virna Velazkes, filologiya fanlari doktori, professor (Meksika).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ispan lingvomadaniy hamjamiyatida samarali muloqot mazmun ko‘lamini shakllantirishda ishtirok etadigan lisoniy va nolisoniy vositalar tizimi asosida hurmat tamoyillari voqelanishining sotsiopragmatik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xushmuomala lisoniy tuzilmalar muloqot birligi sifatida shakllanishida namoyon bo‘ladigan pragmalingvistik jarayonlarning mohiyatini aniqlashda ispan tilida olib boriladigan muloqot vaziyatining simmetrik yoki asimmetrik ijtimoiy munosabatlarning qaysi guruhiga taalluqligini ularning turli diskurs muhitlarida voqelanishiga ko‘ra inobatga olish lozimligi isbotlangan;
muloqot mazmunining shakllanishida suhbatdoshlarning ijtimoiy ierarxiya tuzilishida tutgan o‘rniga ko‘ra adresat va adresantning ijtimoiy mavqei, pragmatik zahirasi, madaniy xususiyatlari, yoshi hamda gender omillariga asoslanib nutqiy faoliyat olib borish lozimligi dalillangan;
ispan tili sohiblari orasida suhbatdoshning obraziga tahdid solish xavfini pasaytirish maqsadida nutqiy muloqot odobiga mos keladigan va ommalashgan nutqiy harakat shakllari sifatida pragmatik ko‘chimga asoslangan bilvosita nutqiy aktlar namoyon bo‘lishi isbotlangan;
nutqiy aktlarning ispan lingvomadaniyatida xushmuomala ifodalanishiga ta’sir etuvchi etnopragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladigan muloqot muhitini uning ishtirokchilarining yoshi, jinsi, ta’lim darajasi hamda ijtimoiy ierarxik pog‘onalarda tutgan o‘rniga nisbatan uchta ijtimoiy munosabatlar asoslangan;
turli muloqot vaziyatlarida ispan lingvomadaniyatiga xos bo‘lgan hurmat tamoyillarini voqelantirishning til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, muloqot ishtirokchilarining milliy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra idioetnik maqomga ega nolisoniy omillar bilan ham bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hurmat tamoyillarini nutqiy aktlar doirasida voqelantiruvchi etnososiopragmatik omillarni tadqiq etish jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalari asosida:
xushmuomala lisoniy tuzilmalar muloqot birligi sifatida shakllanishida namoyon bo‘ladigan pragmalingvistik jarayonlarining mohiyatini aniqlashda olib boriladigan muloqot vaziyatining tadqiqot doirasida taklif etilgan uch guruhidan qaysi biriga taalluqligini inobatga olish lozimligiga oid xulosalardan Buyuk Britaniyaning Uorvik Universitetida foydalanilgan (Uorvik Universiteti xalqaro aloqalar va uzluksiz ta’lim Departamentining 2022 yil 4 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, xushmuomala kommunikativ strategiyasini belgilash ko‘nikmalarini shakllantirish harakati jadallashgan;
muloqot mazmunining shakllanishida adresat va adresantning ijtimoiy mavqei, pragmatik zahirasi, madaniy xususiyatlari, yoshi hamda gender omillariga asoslanib nutqiy faoliyat olib borish lozimligiga oid xulosalardan ispan tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Yevropa ittifoqining ERASMUS + dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 18 martdagi 724/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, pragmalingvistik kompetensiya sohasidagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jaryonini mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuv sifatida xizmat qilgan;
ispan tili sohiblari orasida suhbatdoshning obraziga tahdid solish xavfini pasaytirish maqsadida nutqiy muloqot odobiga mos keladigan va ommalashgan nutqiy harakat shakllari sifatida bilvosita nutqiy aktlar namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan talabalarning lisoniy kompetensiyasini shakllantirish maqsadida Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 -International Credit Mobility between Yeuropean Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility yexchange projecs between Uzbekistan State University of World Languages and Valladolid University (Spain) - 2019-1-ES01-KA107-061356- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Valyadolid universiteti (Ispaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 1 martdagi 06-1/127-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki OTM o‘rtasida ilk bor ispan tilidagi ilmiy hamda badiiy materiallar misolida harbir nutqiy akt doirasida xushmuomala nutqiy tuzilmalarning voqelanishi, ispan muloqot madaniyatining ustuvor xususiyatlari va ularning diskursda faollashuviga ta’sir etadigan etnosotsiopragmatik omillar tavsifi mazkur dastur mazmunini boyitgan;
nutqiy aktlarning ispan lingvomadaniyatida xushmuomala ifodalanishiga ta’sir etuvchi etnopragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladigan muloqot muhitini uning ishtirokchilarining yoshi, jinsi, ta’lim darajasi hamda ijtimoiy ierarxik pog‘onalarda tutgan o‘rniga nisbatan uchta ijtimoiy munosabatlar guruhlari ajratib tahlil etish usullariga oid xulosalardan ekstralingvistik bilim zahirasini oshirish maqsadida Yevropa ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DETEL “Developing theTeaching of Yeuropen Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masteres Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 18 martdagi 725/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rgatishda intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablari til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, ekstralingvistik omillar bilan bog‘liq holda olib borilishiga xizmat qilgan;
turli muloqot vaziyatlarida ispan lingvomadaniyatiga xos bo‘lgan hurmat tamoyillarini voqelantirishning til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, idioetnik maqomga ega nolisoniy omillar bilan ham bog‘liqligiga oid xulosalardan til ta’limiga oid virtual resurslar yaratishni jadallashtirish maqsadida I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 martdagi 728/30.02.01 - son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiopragmatik omillarning nutqiy strategiyaga ta’sirini aniqlash yo‘llari “Nazariy grammatika va fonetika”, “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan.