Raxmanova Albina Xodjaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus adabiyotidagi qur’oniy motivlar madaniyatlararo kommunikatsiya hodisasi sifatida (A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, I.A.Bunin)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil292.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Petruxina Natalya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Garipova Gulchira Talgatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus adabiyotida Qur’on motivlari spesifikasini madaniyatlararo kommunikatsiya hodisasi sifatida anglash va aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus adabiyoti misolida madaniyatlararo kommunikatsiyaning muhim hodisasi bo‘lgan Qur’on motivlarining adabiyoshunoslik nuqtai nazardan unga muammoli yondashuv paradigmasi asoslangan;
Qur’on va rus adabiyoti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni anglash sharti sifatida madaniyatlararo kommunikatsiya muommolarini tadqiq qilishning nazariy-metodologik jihatlarini aniqlash va tahlil qilish orqali rus adabiyotida Qur’onning o‘zlashtirilish tarixi ketma-ketligi va madaniyatlararo kommunikatsiya muammolarini tushunishda adabiyotga oid badiiy matnlarning o‘zaro paralel ta’siri spesifikasi dalillangan;
rus yozuvchilari ijodidagi qur’oniy kod va motivlar, ular ijodining Sharq (musulmon) an’analari, rus adabiyoti reseptiv estetikasida madaniy parametrlarni ikki hissa oshirish nuqtai nazaridan Sharqni badiiy idrok etishda binar yondashuv, yangi poetik makon paydo bo‘lishi, mentalitetning dunyoga sharqona nigoh bilan qarash orqali namoyon bolishi kabi dominantlari asoslangan;
Pushkin ijodidagi qur’oniy motivlarning aksiologiyasi tadqiq qilingan, shoirning rus oriyentalizmidagi reseptiv jihati tahlil qilingan, Pushkin ijodida Injil va Qur’on motivlari sintezi nuqtai nazaridan sufizm g‘oyalari reprezentatsiyasi dalillangan; Pushkin davri shoirlari lirikasidagi Qur’on qissalari va obrazlarining o‘zaro ta’sir jarayoni isbotlangan;
taqdir mifologemasini o‘zlashtirish tizimida muallif, jumladan, M.Lermontov oriyental kontinuumida, faolligi va uning namoyon bo‘lish darajasiga aniqlik kiritilgan, shoirning sharqona kodlari ularning eksplisit tasviri asosida dalillangan;
I.Bunin ijodiy merosidagi Sharq arab ma’naviy madaniyati madaniy-ramziy xilma-xilligining semiotik mohiyati, «Islom» siklida qur’oniy motivlarning eksplisit timsoli xususiyatlarini ochib berish orqali I.Bunin ijodida Sharqga kompleks yondashuv hamda implisit qur’oniy me’ros konseptlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus adabiyotidagi qur’oniy motivlarni madaniyatlararo kommunikatsiya hodisasi sifatida tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy takliflar va amaliy natijalar asosida:
rus adabiyoti misolida madaniyatlara’ro kommunikatsiyaning muhim hodisasi bo‘lgan Qur’on motivlarining adabiyoshunoslik nuqtai nazardan unga muammoli yondasuv paradigmasiga oid xulosalardan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharq-G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-avgustdagi 89-02-167-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xulosalar milliy adabiyoshunoslikdagi badiiy birliklarni chuqurroq tahlil qilish, rus adabiyotida sharqona matn rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ularni qiyosiy-tipologik yondashuv nuqtai nazaridan maxsus tadqiq qilishga xizmat qilgan;
Qur’on va rus adabiyoti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni anglash sharti sifatida madaniyatlararo kommunikatsiya muommolarini tadqiq qilishning nazariy-metodologik jihatlarini aniqlash va tahlil qilish orqali rus adabiyotida Qur’onning o‘zlashtirilish tarixi ketma-ketligi va madaniyatlararo kommunikatsiya muammolarini tushunishda adabiyotga oid badiiy matnlarning o‘zaro paralel ta’siri spesifikasiga oid xulosalardan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 12-yanvardagi 01/3-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyihada bir qator ilmiy-uslubiy qoidalardan foydalanilgan va, keyinchalik, ularni oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoni amaliyotiga joriy etishga xizmat qilgan;
rus yozuvchilari ijodidagi qur’oniy kod va motivlar, ular ijodining Sharq (musulmon) an’analari, rus adabiyoti reseptiv estetikasida madaniy parametrlarni ikki hissa oshirish nuqtai nazaridan Sharqni badiiy idrok etishda binar yondashuv, yangi poetik makon paydo bo‘lishi, mentalitetning dunyoga sharqona nigoh bilan qarash orqali namoyon bolishi kabi dominantlari borasidagi xulosalardan hamda Pushkin ijodidagi qur’oniy motivlarning aksiologiyasi, shoirning rus oriyentalizmidagi reseptiv jihati, Pushkin ijodida Injil va Qur’on motivlari sintezi nuqtai nazaridan sufizm g‘oyalari reprezentatsiyasi, Pushkin davri shoirlari lirikasidagi Qur’on qissalari va obrazlarining o‘zaro ta’sir jarayoniga doir xulosalardan Polotsk davlat universiteti (Belarussiya Respublikasi) bilan hamkorlikda pedagogika OTMlarda XIX asr rus adabiyoti tarixi bo‘yicha «A. S. Pushkin va M. Y. Lermontov ijodida Sharq she’riyatining reseptiv estetikasi va an’analari» amaliy loyihasi taqdim etilib, aprobatsiyadan o‘tkazilgan (Polotsk davlat universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 4-son dalolatnomasi). Natijada, uni amalga oshirish doirasida Pushkin va Lermontov ijodining sharqona tarkibli nazariy va amaliy ma’lumotlari, rus adabiyotida qur’oniy motivlarning nazariy va amaliy muammolari, adabiyoshunoslikdagi sharqshunoslik yo‘nalishlarini o‘rganish strategiyasini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan keng va samarali foydalanishga erishilgan;
taqdir mifologemasini o‘zlashtirish tizimida muallif, jumladan, M.Lermontov oriyental kontinuumida, faolligi va uning namoyon bo‘lish darajasi, shoirning sharqona kodlari ularning eksplisit tasviriga oid xulosalar hamda tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston xalqlari madaniyati va diniga nisbatan bag‘rikenglikni, umuminsoniy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga chuqur hurmat tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengashining 2021-yil 24-dekabrdagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar sifati oshgan, shuningdek, madaniyatlararo o‘zaro munosabatlarda barqarorlik va bag‘rikenglik komponentlarinining yanada mustahkamlanishiga yordam bergan;
I. Bunin ijodiy merosidagi Sharq arab ma’naviy madaniyati madaniy-ramziy xilma-xilligining semiotik mohiyati, «Islom» siklida qur’oniy motivlarning eksplisit timsoli xususiyatlarini ochib berish orqali I.Bunin ijodida Sharqga kompleks yondashuv hamda implisit qur’oniy me’ros konseptlari borasidagi xulosalardan yoshlarda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni tarbiyalash orqali milliy g‘urur va fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yil 06-yanvardagi 02/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekiston Respublikasining madaniyat va ta’limni takomillashtirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi» doirasida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifati oshgan;
Rus va o‘zbek adabiyoti qiyosiy tahlili, rus adabiyotidagi qur’oniy motivlarni o‘rganishga yaxlit yondashuvsh istiqbollari, sharqona reseptiv syujetlarni gavdalantirish xususiyatlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining «Navoiy» telekanalida «Assalom, yangi kun», «Ta’lim islohoti» va «Diyor-24» teleko‘rsatuvlarini yaratishda qollanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi «Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi» Davlat unitar korxonasining 2021-yil 14-dekabrdagi 01-02/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya tadqiqotining ilmiy natijalarini joriy etish orqali teleko‘rsatuvlar madaniy-ma’rifiy samaradorligini ta’minlashga erishilgan.