Aliyeva Elvina Ametovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasining ekspressiv sintaksisi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari til va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil379.
Ilmiy maslahatchi: Sheremetyeva Anna Gennadyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kiselev Dmitriy Anatolyevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Choponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr birinchi choragida rus ornamental prozada ekspressiv sintaksisning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda badiiy matnning ifodaliligini yaratishda turli sintaktik vositalarning rolini aniqlashdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr birinchi choragida rus ornamental proza materiallarida badiiy-prozaik monologda og‘zaki dialogni nutqiy shakllarini, parsellangan va inparsellangan konstruksiyalarni, zevgma va xiazmaning bir so‘zli, bir komponentli, va kengaytirilgan, ko‘p komponentli, kabi struktur; polisemiya va omonimiya kabi semantik va bi- va polifunksionallik: emotsional, baholovchi, metallingvistik – kabi funksional o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
badiiy-prozaik monologda og‘zaki dialog nutqiy shakllarini kommunikativ va pragmatik makoni; kommunikativ doiranning spesifikasi va umumiy kontekst tufayli dialogning nutqiy shakllari ornamental monologda semantik va funksional o‘zgarishlarga duch kelishi; shuning natijasida ularni shakllari va funksiyasini, shakllari va semantikasining qisman assimetriyasiga va kontekstual polisemiyaga olib kelishi isbotlangan; 
XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasida ornamental matnlar asosida parsellangan va inparsellangan konstruksiyalarning grafik taqdimoti hamda uning muallif intensiyasini ifodalashi va hikoya qilishning ekspressivligini amalga oshirishi vazifasini bajarishi muhimligi isbotlangan;
XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasiga oid asarlarda zevgma va xiazma kabi ekspressiv sintaktik obrazli iboralarning struktur, funksional va semantik jihatlarining ularning ostma’no effektini yaratishda va mazmunni murakkablashtirishda muhimligi asoslangan;
muayyan bir gap, qo‘shma sintaktik butunlik va butun matn doirasida ekspressiv sintaktik vositalarning struktur va funksional konvergentligi, konvergensiya asosida “hikoya qiluvchi – qahramon – kitobxon” kontaktini amalga oshirish, sub’ektivlash, polifonizmini yaratishda, qo‘shma gapda, murakkab sintaktik birlikda va butun asarda sub’ektiv turlar bilan almashinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus ornamental badiiy-prozaik monologda ekspressiv sintaksisni o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur ilmiy tadqiqotning nazariy xulosalari va amaliy natijalari, tavsiya va ishlanmalaridan: 
XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasiga oid asarlarda badiiy butunlikni gorizontal va vertikal kesimida ekspressiv sintaktik birliklarning har tomonlama ishlab chiqishning muallif yondoshuviga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 06-246/2-son ma’lumotnomasi). Natijada xulosalarning nutkiy zanjir sintagmatikasidagi va butun badiiy asar doirasidagi struktur, grafik va semantik-funksional o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda, muallifning g‘oyaviy mo‘ljalini shakllantirishdagi ularni rolini aniqlashda ushbu metodikaning samaradorligi aniqlangan;
XX asr birinchi choragida rus ornamental proza materiallarida badiiy-prozaik monologda og‘zaki dialogni nutqiy shakllarini, parsellangan va inparsellangan konstruksiyalarni, zevgma va xiazmaning bir so‘zli, bir komponentli, va kengaytirilgan, ko‘p komponentli, kabi struktur; polisemiya va omonimiya kabi semantik va bi- va polifunksionallik: emotsional, baholovchi, metallingvistik – kabi funksional o‘ziga xos xususiyatlari oid xulosalardan magistraturaning 70230101 – Lingvistika (rus tili) mutaxassisligida “Sub’ektiv-ekspressiv sintaksis shaklari” (“Sub’ektno-ekspressivnie formi sintaksisa”) fani dasturi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 02/01-01-60-son ma’lumotnomasi). Natijada sintaksisning ekspressiv vositalarini o‘qitish metodikasi va tahlil qilinishi mukammallashtirilgan hamda sintaksis sohasidagi lisoniy ekspressivlik nazariyasini to‘ldirilgan;
badiiy-prozaik monologda og‘zaki dialog nutqiy shakllarini kommunikativ va pragmatik makoni; kommunikativ doiraning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy kontekst tufayli dialogning nutqiy shakllari ornamental monologda semantik va funksional o‘zgarishlarga duch kelishi; bu esa ularni shakllari va funksiyasini, shakllari va semantikasini qisman assimetriyasiga va kontekstual polisemiyaga olib kelishi haqidagi ilmiy xulosalardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) hamda 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili bakalavriat yo‘nalishlarida “Zamonaviy rus tili (sintaksis)” fanining mazmunini boyitishda hamda “Zamonaviy rus tili. Sintaksis” (“Sovremenniy russkiy yazik. Sintaksis”) darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 02/01-01-60-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari sintaksis sohasida lisoniy belgining assimetrik dualizmi haqidagi nazariyani boyitgan;
XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasida ornamental matnlar asosida parsellangan va inparsellangan konstruksiyalarning grafik taqdimoti hamda uning muallif intensiyasini ifodalashi va hikoya qilishning ekspressivligini amalga oshirishi vazifasini bajarishi muhimligi oid xulosalardan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” fundamental grant doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022 yil 2 dekabrdagi 39-01-4633-son ma’lumotnomasi). Natijada turli asarlarning lisoniy tuzulishida kayd etilgan konstruksiyalarning grafik rasmiylashtirilishining rang-barangligi namoyish etildi va muallif intensiyasini ifodalashda hamda hikoya qilishning ekspressivligini amalga oshirishda grafik taqdimotni roli alohida ta’kidlangan; 
XX asr birinchi choragida rus ornamental prozasiga oid asarlarda zevgma va xiazma kabi ekspressiv sintaktik obrazli iboralarning struktur, funksional va semantik jihatlarining ularning ostma’no effektini yaratishda va mazmunni murakkablashtirishda muhimligi oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazi bazasida o‘tkazilgan seminarni tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazining 2022 yil 3 noyabrdagi 02-95-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar tinglovchilarning sintaksisning ekspressiv vositalari haqidagi bilimlarini boyitgan va ushbu vositalar haqidagi materiallarni rus tili va adabiyotini o‘qitish jarayonida qo‘llash lozimligini ko‘rsatgan;
muayyan bir gap, qo‘shma sintaktik butunlik va butun matn doirasida ekspressiv sintaktik vositalarning struktur va funksional konvergentligi, konvergensiya asosida “hikoya qiluvchi – qahramon – kitobxon” kontaktini amalga oshirish, sub’ektivlashda, polifonizmini yaratishda, qo‘shma gapda, murakkab sintaktik birlikda va butun asarda sub’ektiv turlar bilan almashinishi oid xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Ishonch” telekanalining “Yoshlarning tilga oid madaniyatini tarbiyalash” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 12 noyabrdagi 179-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari tomoshabinlarning ornamentalizmning yorqin namoyondalari A. Beliy, K. Fedin, Yu. Tinyanov, V. Nabokov kabi yozuvchilarning ijodi, rus ornamental prozasining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarini oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish