Ismoilov Temurbek Islomovichning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlariga akademik mustaqillik prinsiplarini joriy etish istiqbollari (rivojlangan davlatlar tajribasi misolida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Ped164.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy maslahatshi: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 .
Rasmiy opponentlar: Usmonov Botir Shukrullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xujaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxromovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlariga rivojlangan davlatlar tajribasi asosida akademik mustaqillik prinsiplarini joriy etish bo‘yisha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik mustaqillikka erishgan oliy ta’lim muassasalarida rahbar kadrlar faoliyatini raqamlashtirilgan tizimda baholashning nazariy asoslari boshqaruvchilik kompetensiyalari (management competense), tajribasi va shaxsiy sifatlari, akademik ta’siri (academis credibility) kabi komponentlarning ta’lim determinantlari va rivojlanish vektoriga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini rivojlantirishda marketing-menejmentning yangi elementini qo‘llash hamda oliy ta’lim-fan-ishlab shiqarish integrasiyasi natijalarini prognozlashtirish mexanizmlari globallashuv sharoitida funksional menejmentning optimal metodlarini raqobat muhitining talablariga implemintasiya qilish asosida ishlab chiqilgan;
shaxsiy samaradorlik strukturasi, resurs yondashuvi texnologiyasi, samaradorlik formulasi, reorganizatsion va relaksatsion yondashuvlardan foydalanish asosida akademik mustaqillik prinsipining asosi bo‘lgan “tiyib turish va muvozanatda saqlash” (checks and balances) tizimini joriy etishga yo‘naltirilgan rahbar kadrlar faoliyatining innovatsion modeli ishlab chiqilgan; 
oliy ta’limning ichki boshqapuv tizimlariga asoslangan akademik mustaqillik menejmenti modeli vositasida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning integratsiyalashgan strategiyalari sentristik, direktiv, liberal va aralash modellarni qiyosiy tahlil etish («benchmarking»)ning rolini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarining akademik va moliyaviy mustaqilligini innovatsiyalarning global tablosi talablariga moslashuvchanligini segmental konsolidatsiya (birlashtirish) usulidan foydalanishning tashkiliy, propedevtik, asosiy va yakuniy bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi funksional va strategik menejment tamoyillari asosida ochib berilgan; 
akademik va moliyaviy mustaqillikka erishgan oliy ta’lim muassasalarida o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi sub’ektlarning yuqori konsentpatsiyasi vositasida qulay o‘quv muhiti va ilg‘or tadqiqotlar uchun resurslar va strategik qarashlarni joriy etish boshqarish imkoniyatini kuzatish, sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil, ob’ektiv baholash, natijalar bo‘yicha boshqaruv, strategiyalarni takomillashtirish asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni va ahamiyati mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yisha olingan natijalar asosida:
akademik mustaqillikka erishgan oliy ta’lim muassasalarida rahbar kadrlari faoliyatini raqamlashtirilgan tizimda baholashning nazariy asoslari boshqaruvchilik kompetensiyalari (management competense), tajribasi va shaxsiy sifatlari, akademik ta’siri (academis credibility) kabi komponentlarning ta’lim determinantlari va rivojlanish vektoriga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan O‘zbekistan Milliy universitetida 2018-2020 yillar davomida bajarilgan PZ-2017093020 raqamli «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek noimdagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/11-7755 son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik mustaqillikka erishgan oliy ta’lim muassasalarida rahbar kadrlari faoliyatini raqamlashtirilgan tizimda baholashning nazariy asoslari boshqaruvchilik kompetensiyalari, tajribasi va shaxsiy sifatlari, akademik ta’siri kabi komponentlarning ta’lim determinantlari va rivojlanish vektoriga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini rivojlantirishda marketing-menejmentning yangi elementini qo‘llash hamda oliy ta’lim-fan-ishlab shiqarish integrasiyasi natijalarini prognozlashtirish mexanizmlari globallashuv sharoitida funksional menejmentning optimal metodlarini raqobat muhitining talablariga implemintasiya qilish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimsha chora-tadbirlar dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yisha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”ga oid chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamda 2020-2021 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar rejasining metodik asoslariga oid o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28 noyabrdagi 370-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi sharoitida oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini rivojlantirishda marketing-menejmentning yangi elementini qo‘llash hamda oliy ta’lim-fan-ishlab shiqarish integrasiyasi natijalarini prognozlashtirish doir ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga hizmat qilgan;
akademik mustaqillik prinsipining asosi bo‘lgan “tiyib turish va muvozanatda saqlash” (checks and balances) tizimini joriy etishda ularni nazorat organi ko‘rsatmalariga amal qilish yoki ruxsat olish zaruriyatisiz o‘z faoliyatini amalga oshipishga imkon berishda rahbar kadrlar faoliyatining innovatsion modeli shaxsiy samaradorlik strukturasi, resurs yondashuvi texnologiyasi, samaradorlik formulasi, reorganizatsion va relaksatsion yondashuvlardan foydalanish asosidagi hulosalardan T.H.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.H.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 22 dekabrdagi 391-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik mustaqillik prinsipining asosi bo‘lgan “tiyib turish va muvozanatda saqlash” tizimini joriy etishda ularni nazorat organi ko‘rsatmalariga amal qilish yoki ruxsat olish zaruriyatisiz o‘z faoliyatini amalga oshipishga imkon berishda rahbar kadrlar faoliyatining innovatsion modeli shaxsiy samaradorlik strukturasi, resurs yondashuvi texnologiyasi, samaradorlik formulasini ishlab chiqilishiga hizmat qilgan;
oliy ta’limning ichki boshqapuv tizimlariga asoslangan akademik mustaqillik menejment modeli pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning integratsiyalashgan strategiyalarini doimiy diversifikatsiyasi sentristik, direktiv, liberal va aralash modellarni qiyosiy tahlil etish («benchmarking»)ning rolini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan 2022 yil 19 dekabrdagi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida «Bugun intervyu» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 dekabrdagi 01-02-03/230-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limning ichki boshqapuv tizimlariga asoslangan akademik mustaqillik menejment modeli pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning integratsiyalashgan strategiyalarini doimiy diversifikatsiyasi sentristik, direktiv, liberal va aralash modellarni qiyosiy tahlil etish («benchmarking»)ning rolini kuchaytirishga erishilgan;
mahalliy oliy ta’lim muassasalarining akademik va moliyaviy mustaqilligini innovatsiyalarning global tablosi talablariga moslashuvchanligini ta’minlash orqali raqobatbardoshligini oshirishda segmental konsolidatsiya (birlashtirish) usulidan foydalanishning tashkiliy, propedevtik, asosiy va yakuniy kabi barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash funksional va strategik menejment tamoyillari asosida ochib berilgan taklif va tavsiyalaridan T.H.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.H.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 22 dekabrdagi 391/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik va moliyaviy mustaqillikka erishgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini nazorat qilishning ijtimoiy-pedagogik zarurati strategik menejment tamoyillari asosida ochib berilishiga hizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish