Qurbonova O‘lmas Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda didaktik fikrlar taraqqiyoti (2006-2019 yillar). 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2175.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor va Kenjaeva Dildora Tirkashevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonda didaktik fikrlar mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish va ulardan pedagogika fanlar turkumi tizimida foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda didaktik fikrlar tarixiy taraqqiyotning ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari, ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi, ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligi asoslangan;
eksperimental va innovatsion faoliyat negizida didaktik fikrlar taraqqiyotining komparativistik, antropologik, akmeologik, andragogik jihatlari istoriografiyaning vorisiylik, ob’ektivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida milliy konsepsiyaning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi aniqlashtirilgan;
innovatsion ta’lim muhiti sharoitida O‘zbekistonda didaktik fikrlar taraqqiyoti modelini tashkiliy-tuzilmali komponenti loyihalash, ilmiylik, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillaridan foydalanish natijasida tizimli, integrativ, innovatsion, strategik, nazariya va amaliyotning praksiologik produktivligi identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ta’lim rivojining milliy xususiyatlari pedagogik g‘oyalar integratsiyasining shaxs va jamiyat rivojiga ta’sirini prognozlash asosida didaktik fikrlar taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida didaktik fikrlar taraqqiyotiga doir tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda didaktik fikrlar tarixiy taraqqiyotning ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari, ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi, ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligiga doir ko‘rsatkichlari AI-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 22 noyabrdagi 329-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirishda milliy va zamonaviy ta’lim-tarbiyaviy fikrlarni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan;
eksperimental va innovatsion faoliyat negizida didaktik fikrlar taraqqiyotining komparativistik, antropologik, akmeologik, andragogik jihatlari istoriografiyaning vorisiylik, ob’ektivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida milliy konsepsiyaning aniq maqsadga yo‘naltirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “Qiyosiy pedagogika” nomli elektron darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida O‘zbekistonda pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
innovatsion ta’lim muhiti sharoitida O‘zbekistonda didaktik fikrlar taraqqiyoti modelini tashkiliy-tuzilmali komponenti loyihalash, ilmiylik, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillaridan foydalanish natijasida tizimli, integrativ, innovatsion, strategik, nazariya va amaliyotning praksiologik produktivligi identivligini “Pedagogik konfliktologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-027-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning mustaqillik yillarida didaktik fikrlar rivojini tizimli va uzviylik asosida o‘rganishlari, qiyosiy tahlil etish va xulosa chiqarish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ta’lim rivojining milliy xususiyatlari pedagogik g‘oyalar integratsiyasining shaxs va jamiyat rivojiga ta’sirini prognozlash asosida didaktik fikrlar taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlari aniqlashtirish orqali didaktik fikrlar taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlariga doir tahlillardan Buxoro teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari, “Muloqot va munozara” radioeshittirishlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan hamda tadqiqot materiallari asosida davra suhbati va muloqotlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 16 noyabrdagi 1/287 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashishiga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan.