Hakimova Nargiza Suphanovaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3473.
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullayevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf Tarbiya darslarida o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning ilmiy-innovatsion omillari ta’lim jarayoniga noan’anaviy tarzda “yashirin operatsiya”, “ijodiy desant”, “ijodiy topshiriqlar almashinuvi”, “maxsus topshiriq”larni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
tarbiya darsida o‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirishning maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan modeli o‘zlashtirishni ta’minlovchi interfaol metod va “Juftingni top”, “Sirli hodisalar makoni”, “Kelajak maktabi”, “O‘zimizni qanday tutamiz”, “Qadriyatlar yarmarkasi”, “Do‘st tanlash”; “Aziz mehmon”, “Ta’qiqlangan meva” kabi ijodiy-ta’limiy o‘yinlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarning shakllantirilganlik darajasini aniqlovchi (ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni bilish, ularga amal qilish, hayotiy ko‘nikmalarga egalik, shaxsiy fazilatlarga egalik) qoliplashtiruvchi (formativ) va jamlovchi (summativ) baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf Tarbiya darsida o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalar egallangan bilimlarni ta’limiy o‘yinlar vositasida turli ta’lim shakllaridan foydalanib rivojlantirishni kafolatlovchi kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmuniga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf Tarbiya fanidan o‘quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
milliy o‘quv dasturini o‘zlashtirganlik darajasini belgilovchi malaka talablari hamda mashg‘ulotlarda bajargan topshiriqlarini baholovchi mezonlardan foydalanib, o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishning ilmiy-innovatsion omillari ta’lim jarayonini noan’anaviy tarzda “yashirin operatsiya”, “ijodiy desant”, “ijodiy topshiriqlar almashinuvi”, “maxsus topshiriq”larni joriy etishga oid taklif va tavsiyalar 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darsligi hamda “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-248 hamda 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, №388-113 guvohnomalar) (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022-yil 16-dekabrdagi 02-07-4572/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf Tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlovchi didaktik ta’minotning sifatini oshirishga erishilgan;
tarbiya darsida o‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirishning maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan modeli o‘zlashtirishni ta’minlovchi interfaol metod va “Quvnoq poyezd”, “Sirli hodisalar makoni”, “Kelajak maktabi”, “Bizning sinfimiz – Internet sayti”, “Avlodlarga xabar”, “Chuchmoma-konserti”, “Mini-teatr”; “Kosmik press-konferensiya” kabi ijodiy-ta’limiy o‘yinlarni kiritishga oid tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil mart- noyabr oylaridagi “Buxoro”, “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-noyabrdagi 1/294-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar mazmuni mukammalashuvi, amaliy tajribalar asosida dalillarga boy bo‘lishi, ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan; 
o‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarning shakllantirilganlik darajasini aniqlovchi (ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni bilish, ularga amal qilish, hayotiy ko‘nikmalarga egalik, shaxsiy fazilatlarga egalik) qoliplashtiruvchi (formativ) va jamlovchi (summativ) baholash mezonlaridan foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-248 hamda 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, №388-113 guvohnomalar) (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022-yil 16-dekabrdagi 02-07-4572/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborotlar bilan ishlash kompetentligini oshirish orqali ularda ijtimoiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf Tarbiya darsida o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalar egallangan bilimlarni ta’limiy o‘yinlar vositasida turli ta’lim shakllaridan foydalanib rivojlantirishni kafolatlovchi kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmuniga doir metodik tavsiyalardan Innovatsiya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 7-noyabrdagi 01-10/450-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf tarbiya darsida o‘quvchilarning ijtimoiy - huquqiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik qo‘lanmalar yaratish va mazkur fanni o‘qitish sifatini yanada oshirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish