Omonov Baxtiyorjon Xabitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillaridagi geologiyaga oid terminlarning qiyosiy tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1648.
 Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribayevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Shokirov Sherali Ibrohimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi geologiya sohasiga oid terminlarning struktural-semantik va kognitiv jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida geologiyaga oid terminologiyada so‘z hosil qilishning semantik, morfologik va sintaktik usullarini aniqlash orqali mavjud kategoriyaning ikki xil madaniyatdagi mazmunini lingvistik belgilar orqali yoritishning kognitiv imkoniyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda geologiya sohasiga oid termin tizimining asosiy shakllanish manbai sifatida o‘zlashgan so‘zlar, baynalminal so‘zlar hamda kalkalangan til birliklari xizmat qilishi leksik birliklarning derivasion maqomini asoslash orqali dalillangan; 
geologiyaga oid terminlarning so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, dennotativ, signifikativ, sintagmatik, kategorial va grammatik ma’nolarni o‘z ichiga olgan semantik va shakliy belgilariga ega bo‘lishi boshqa geologiyaga oid terminlar bilan sinonimik, polisemik, ba’zan omonimik munosabatlarga kirishishi termin elementlarining o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini belgilovchi omil ekanligi isbotlangan;
terminlarning dinamik tabiati va ularning fikrlash bilan bevosita o‘zaro ta’sirida yuzaga kelgan lingvistik va ekstralingvistik omillar asosida geologik termin tizimining diskurs doirasida professional kommunikatsiyani amalga oshiruvchi kognitiv struktura sifatida xizmat qilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ingliz va o‘zbek tillaridagi geologik sohaga oid terminlarning struktural-semantik va kognitiv jihatlarini ochib bepish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida geologiyaga oid terminologiyada so‘z hosil qilishning semantik, morfologik va sintaktik usullarini aniqlash orqali mavjud kategoriyaning ikki xil madaniyatdagi mazmunini lingvistik belgilar orqali yoritishning kognitiv imkoniyatlariga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067- raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 28 iyuldagi 2175-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyiha doirasida chet til bilim ko‘nikmalarining samaradorligini oshirishda, mavjud darturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda geologiya sohasiga oid termin tizimining asosiy shakllanish manbai sifatida o‘zlashgan so‘zlar, baynalminal so‘zlar hamda kalkalangan til birliklari xizmat qilishi leksik birliklarning derivasion maqomiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan AL-412104512-raqamli “O‘zbekistonning geografik ob’ektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 3 fevraldagi 30/187-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan ko‘p tildagi elektron lug‘at yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan; 
geologiyaga oid terminlarning so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, dennotativ, signifikativ, sintagmatik, kategorial va grammatik ma’nolarni o‘z ichiga olgan semantik va shakliy belgilariga ega bo‘lishi boshqa geologiyaga oid terminlar bilan sinonimik, polisemik, ba’zan omonimik munosabatlarga kirishishiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi - 2020-1-DE01-KA107-005433 loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 18 iyuldagi IRD/22204-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan; 
geologik termin tizimining lingvistik va ekstralingvistik omillar asosida diskurs doirasida professional kommunikatsiyani amalga oshiruvchi kognitiv struktura sifatida xizmat qilishiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: “Rossiya va O‘zbekistonda kasbiy ta’lim va kasb-hunar ta’limi milliy tizimlarida kasb-hunar ta’limi va ta’lim uchun kreditlarni (kreditlarni) o‘tkazish bo‘yicha Yevropa tizimini tatbiq etish” nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022 yil 23 iyundagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma geologiya terminologiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish