Axrarova Sevar Axmedovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvi va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fal76.
Ilmiy maslahatchi: Nishanova Nodiraxon Rayimjanovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tilavov O‘ktam G‘ulomjonovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faollashuvining jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosatida xalqaro me’yor va tamoyillarda ayollar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi faollashuviga innovatsion yondashuvlar natijasida yetakchi ijtimoiy qatlam sifatidagi ishtiroki ya’ni, an’anaviy turmush tarzidan zamonaviy faol liderlik maqomi shakllanganligi asoslab berilgan;
jamiyatda gender tengligining umuminsoniy va milliy, ijtimoiy konservativ va liberal feminizmini aniqlash asosida xotin-qizlarning «faollik», «ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorlik» jihatlariga etnokonfessional yondashuvi «ayol va jamiyat», «ayol va oila» tizimi ijtimoiy yo‘nalish sifatida asoslab berilgan; 
davlat ijtimoiy siyosatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda ularning ijtimoiy muhofaza asosida «Ayollar daftari», imtiyozli kreditlar bilan kichik va xususiy biznes- ledi toifasini shakllantirish orqali oila va nikoh muammolarini hal etish iqtisodiy-statistik tendensiyalarining ijobiy dinamikasi ochib berilgan;
davlat boshqaruv tizimida ayollar ulushining ortishi tufayli «xotin-qizlarning faolligi», «xotin-qizlar ish kuchi», «ayollar tadbirkorligi» kategoriyalarini aniqlash asosida ayollar mehnati samaradorligining innovatsion mezon va ko‘rsatkichlari, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvi, oila va nikoh munosabatlarida ayollarga nisbatan diskriminatsiya va zo‘ravonlik determinantini aniqlash orqali ijtimoiy profilaktikani yangi milliy tamoyillari ochib berilgan;
xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini, shaxs, jamiyat va davlat boshqaruvida ijtimoiy-huquqiy institutsional asoslarini takomillashtirish xotin-qizlarga nisbatan kamsitish va tahqirlashlardan ximoya qiladigan natijador mexanizmlarni shakllantirish, ayollarning kambag‘allik va qashshoqlik holatiga nisbatan Markaziy Osiyo davlatlari innovatsiyali tajribalaridan ijodiy foydalanish asosida milliy rahbar ayol kadrlar korpusini shakllantirishning imkoniyatlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
 O‘zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosatida xalqaro me’yor va tamoyillarda ayollar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi faollashuviga innovatsion yondashuvlar natijasida yetakchi ijtimoiy qatlam sifatidagi ishtiroki ya’ni, an’anaviy turmush tarzidan zamonaviy faol liderlik maqomi shakllanganligi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining istiqbol rejasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-son Farmonidagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi”ning to‘rtinchi yo‘nalishi: ”Ijtimoiy sohani rivojlantirish”da “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi maqomini oshirish” bandini bajarilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 19-dekabrdagi 01-09/1243-son ma’lumotnomasi). Toshkent shahar Shayxontoxur tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Huvaydo” mahallasi, Toshkent shahar Yunusobod tumani Muruvat MFYdagi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, Toshkent viloyati Zangiota tumani bo‘linmasi, Samarqand viloyati Payariq tumani “Kumchuk” MFY xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi kabi respublikaning boshqa joylarida ilmiy tadqiqotning “Biznes ledi” va “xotin-qizlar ish kuchi” “Faollik” dasturlari joylarga tatbiq etilib natijada xotin-qizlar o‘z imkoniyatlarini ishga solish uchun barcha sharoitlar yaratilganligini anglagan holda o‘zlariga bo‘lgan ishonch yanada ortib ijobiy natijalarga erishishlariga xizmat qilgan; 
 jamiyatda gender tengligining umuminsoniy va milliy, ijtimoiy konservativ va liberal feminizmini aniqlash asosida xotin-qizlarning «faollik», «ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorlik» jihatlariga etnokonfessional yondashuvi «ayol va jamiyat», «ayol va oila» tizimi ijtimoiy yo‘nalish sifatida asoslab berilgan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturida belgilangan «Ayol fan va ta’lim tizimida» mavzusidagi loyihasining amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasining 2022-yil 22-noyabrdagi 01|9.14-3880-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar yosh qizlarning bilish jarayonidagi muammolarini o‘rganish, nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda voqelik haqidagi tasavvurlarining o‘zgarishiga xizmat qilgan;
 davlat ijtimoiy siyosatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda ularning ijtimoiy muhofaza asosida «Ayollar daftari», imtiyozli kreditlar bilan kichik va xususiy biznes- ledi toifasini shakllantirish orqali oila va nikoh muammolarini hal etish iqtisodiy-statistik tendensiyalarining ijobiy dinamikasi ochib berilgan amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan “Yosh oila, sog‘lom avlod” forumi dasturiga muvofiq Toshkent shahrida ayollarning ijtimoiy bilimlarini boyitish maqsadida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada, yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan “PhD sari qadam” mavzusidagi ikki oylik amaliy loyiha asosida o‘quv kursi treninglarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 25-noyabr 4-13-23-4008-son ma’lumotnomasi); natijada amaliy taklif va tavsiyalar xotin-qizlarning jamiyat faoliyatidagi faolliklarini oshishiga xizmat qilgan;
 davlat boshqaruv tizimida ayollar ulushining ortishi tufayli «xotin-qizlarning faolligi», «xotin-qizlar ish kuchi», «ayollar tadbirkorligi» kategoriyalarini aniqlash asosida ayollar mehnati samaradorligining innovatsion mezon va ko‘rsatkichlari, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvi, oila va nikoh munosabatlarida ayollarga nisbatan diskriminatsiya va zo‘ravonlik determinantini aniqlash orqali ijtimoiy profilaktikani yangi milliy tamoyillari ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining xotin-qizlar bilan ishlash siyosati va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2022-yil 17-noyabr oyidagi 01.04/363-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning faollashuvi xalqaro me’yor va mezonlarga mos holda bo‘lishiga xizmat qilgan; 
 xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini, shaxs, jamiyat va davlat boshqaruvida ijtimoiy-huquqiy institutsional asoslarini takomillashtirish xotin-qizlarga nisbatan kamsitish va tahqirlashlardan ximoya qiladigan natijador mexanizmlarni shakllantirish, ayollarning kambag‘allik va qashshoqlik holatiga nisbatan Markaziy Osiyo davlatlari innovatsiyali tajribalaridan ijodiy foydalanish asosida milliy rahbar ayol kadrlar korpusini shakllantirishning imkoniyatlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan asoslab berilgan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida, jumladan, Toshkent telekanalidagi “Gap chiqdi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali davlat muassasasining 2022- yil 28- noyabrdagi 02-15-228-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarni oilaviy munosabatlarni yaxshilash usullari, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish yo‘llari, ayollar psixologiyasidagi nozik, mental jihatlar bilan yaqindan tanishtirishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish