Asatulloev Abrorxon Asatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning ijtimoiy-axloqiy konsepsiyasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal547.
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Nodira Mahmudovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining yangi O‘zbekiston yoshlari ma’naviy tarbiyasiga konstruktiv ta’sirining ijtimoiy jarayonlarda namoyon bo‘lishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarida ilgari surilgan “ota-ona”, “ustoz va murabbiy”, “ulug‘lar va oqsoqollar”, “podshohlar va hukmdorlar”ning siyrati haqidagi axloqiy-falsafiy g‘oyalar vorisiylik va ma’naviy-tarixiy tamoyil asosida hozirgi davr ijtimoiy-axloqiy munosabatlarini tartibga solish hamda inson qadrini ulug‘lashda konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan;
“Me’yor ul-axloq” asaridagi diyonat, qanoat, saxovat, hayo, iffat kabi axloqiy kategoriyalar, qadriyatlarimizning o‘zak nuqtalari shaxsga xos fujur (qabih shahvatga berilish va faxshga o‘chlik) xiyonat, xirs kabi tuban illatlardan qutilishda muhim insoniy fazilatlar sifatida urg‘ulanib, uning mohiyati falsafiy dalillangan;
ma’rifatparvarning “ijtimoiy-axloqiy” konsepsiyasi zamonaviy yoshlarda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida shakllanayotgan ijtimoiy tafakkur, ijtimoiy voqelikka daxldorlik va millat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalashda hamda globallashgan dunyoda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish zaruriyatining muhim omili sifatidagi ahamiyati falsafiy nuqtai-nazardan ochib berilgan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asaridagi ma’rifiy, tarbiyaviy, axloqiy, inson kamolotiga oid g‘oyalari hamda uning ma’rifatparvarlik faoliyati o‘zlikni anglash va tolerantlikka asoslangan milliy xarakterni shakllanishiga pozitiv ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning ijtimoiy-axloqiy konsepsiyasi (“Me’yor ul-axloq” asari tasnifida)ning mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarida ilgari surilgan “ota-ona”, “ustoz va murabbiy”, “ulug‘lar va oqsoqollar”, “podshohlar va hukmdorlar”ning siyrati haqidagi axloqiy-falsafiy g‘oyalar vorisiylik va ma’naviy-tarixiy tamoyil asosida hozirgi davr ijtimoiy-axloqiy munosabatlarini tartibga solish hamda inson qadrini ulug‘lashda konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatga ega ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2022 yil 27 oktyabrdagi 04-13/851-son dalolatnomasi). Natijada, bugungi kunda Turkiston islohotchilari faoliyati haqida keng ziyolilar ommasiga manzur bo‘ladigan ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlar, hujjatli filmlar, maqola va risolalar tayyorlash, fan sohalarining ilg‘or mutaxassislari bilan jonli munozaralar, uchrashuvlar tashkillashtirishni muntazam amalga oshirish, dolzarb ilmiy izlanishlar xulosalarini keng jamoatchilik uchun yetkazishga xizmat qilgan;
“Me’yor ul-axloq” asaridagi diyonat, qanoat, saxovat, hayo, iffat kabi axloqiy kategoriyalar, qadriyatlarimizning o‘zak nuqtalari shaxsga xos fujur (qabih shahvatga berilish va faxshga o‘chlik) xiyonat, xirs kabi tuban illatlardan qutilishda muhim insoniy fazilatlar sifatida urg‘ulanib, uning mohiyatiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tomonidan jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik muloqoti tadbirlarini o‘tkazish hamda yakunlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 17 noyabrdagi 01-27/504-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar mazmun-mohiyati va sifati yaxshilanishiga erishilgan;
ma’rifatparvarning “ijtimoiy-axloqiy” konsepsiyasi zamonaviy yoshlarda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida shakllanayotgan ijtimoiy tafakkur, ijtimoiy voqelikka daxldorlik va millat oldidagi mas’uliyatlilik hissini tarbiyalashda hamda globallashgan dunyoda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish zaruriyatining muhim omili sifatidagi ahamiyatiga oid g‘oyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021-2022 yillarida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot faoliyatlarida, shuningdek, yurtimizda 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini tadbiq etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 24 oktyabrdagi 02/561-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy-ma’naviy merosni tadqiq etish borasida yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy-nazariy, uslubiy tomondan boyitishga ko‘mak berishi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazishga hamda targ‘ibot jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asaridagi ma’rifiy, tarbiyaviy, axloqiy, inson kamolotiga oid g‘oyalari hamda uning ma’rifatparvarlik faoliyati o‘zlikni anglash va tolerantlikka asoslangan milliy xarakterni shakllanishiga pozitiv ta’siriga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyati davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 24 oktyabrdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha yo‘nalish va bosqichlari, mahallalar, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatida axloqiy tarbiya, bag‘rikenglik, ma’rifat, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalarini yetishib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish yuzasidan amaliy dasturlar ishlab chiqish rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish