Agzamxodjaeva Shaxnoza Saitmatmobovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarida inson muammosi konsepsiyasi”, 09.00.03 – falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fal115.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muxammadievich, falsafa fanlari doktori; Xoshimxonov Mo‘minxon, falsafa fanlari doktori, professor; Isakova Zamiraxon Ruhitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlaridagi inson muammosini tarixiy falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Lison ut-tayr”, “Nazm ul-javohir” “Munojot” asarlarida ilohiy ishq, fanoyi komil g‘oyasi asosida mutafakkirning naqshbandiya tariqatidagi mansubligi asoslangan;
Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyot namoyodalari ta’siri ostida Navoiyda tasavvufning zoxidlik, obidlik, oriflik, oqillik kabi shakllanish bosqichlari va uning dunyoqarashiga panteistik ta’siri falsafiy nuqtai nazardan isbotlangan;
Navoiyning inson hayotining mazmun-mohiyati, insonning koinotdagi o‘rni, Xaq va xalq oldidagi mas’uliyati haqidagi diniy qarashlari, tasavvuf falsafasida “vahdat ul-vujud” ya’ni, “ilohiyot ilk aktuallik sifatida birlik, abadiyatdan iboratligi” haqidagi qarashlarini ilmiy-falsafiy jihatdan ochib berish orqali Navoiy gumanizmining yaxlit manzarasi yaratilgan;
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” va “Lison ut-tayr” tasavvufiy asarlari sufiylarning “sirli yozuvi” usuli orqali Abjad va Hisob al-Jamol xususiyatlari asosida ocib berilgan;
Yoshlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodi misolida altruizm, insonparvarlik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ma’naviy-axloqiy mezonlari tarixiylik, mantiqiylik, o‘zaro aloqadorlik usullar orqali komil inson shaxsini shakllantirishda ustoz-shogird, murid-murshid munosabatlaridagi qat’iy intizom, tarbiya bosqichlari, falsafiy tafakkur va sufiylar e’tiqodiga xos konsepsiyalari falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarida inson muammosi konsepsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Lison ut-tayr”, “Nazm ul-javohir” “Munojot” asarlarida ilohiy ishq, fanoyi komil g‘oyasi asosida mutafakkirning naqshbandiya tariqatidagi mansubligi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan A-FA-2019-9-raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022 yil
20 oktyabrdagi 232/1-22-son dalolatnoma). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi grant loyihasini yangi materiallar, faktik ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyot namoyodalari ta’siri ostida Navoiyda tasavvufning zoxidlik, obidlik, oriflik, oqillik kabi shakllanish bosqichlari va uning dunyoqarashiga panteistik ta’siri falsafiy nuqtai nazardan isbotlanganligiga oid taklif, xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Uchinchi Renessans vorislarini tarbiyalashda va targ‘ibot ishlarida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining
2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining X-yo‘nalishida belgilangan “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish”
44-bandi “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda (feysbuk, tvitter, odnoklassniki, instagram va mobil messenjerlar) targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil
6 oktyabrdagi 291-son dalolatnoma). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirishda Alisher Navoiyning inson konsepsiyasi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhiga tarbiyalashga xizmat qilgan;
Navoiyning inson hayotining mazmun-mohiyati, insonning koinotdagi o‘rni, Xaq va xalq oldidagi mas’uliyati haqidagi diniy qarashlari, tasavvuf falsafasida “vahdat ul-vujud” ya’ni, “ilohiyot ilk aktuallik sifatida birlik, abadiyatdan iboratligi” haqidagi qarashlarini ilmiy-falsafiy jihatdan ochib berish orqali Navoiy gumanizmining yaxlit manzarasi yaratilganligiga oid taklif va xulosalaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi o‘z faoliyatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi 2022 yil 20 oktyabrdagi 02/554 - son dalolatnoma). Natijada Uchinchi Renessans yoshlarini komil inson qilib tarbiyalashda, allomalar merosiga bag‘ishlangan kitobxonlik, vatanparvarlik, fidoiylik, Vatanga sadoqatlilik, innovatsion qobiliyatni rivojlantirish sohalaridagi ishlarni samarali tashkil qilishga erishilgan;
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” va “Lison ut-tayr” tasavvufiy asarlari sufiylarning “sirli yozuvi” bilan bog‘liqligi Abjad va Hisob al-Jamol xususiyatlari asosida ishlab chiqilganligiga oid taklif hamda “Alisher Navoiy tasavvufining shakllanishining g‘oyaviy asoslari”, “Inson konsepsiyasining falsafiy-tasavvufiy kategoriyalari” deb nomlangan bo‘limlarida keltirilgan nazariy xulosa va ilmiy natijalaridan O‘zbekiston xalkaro islom akademiyasida A-1-044 – “Movarounnaxr tasavvuf ta’limotlari: asliyat va talqinlar , tarix va hozirgi zamon, tahlil va xulosalar” nomli amaliy grant loyihasi doirasida nashr etilgan “Tasavvufga kirish” o‘quv qo‘llanmasi, “Tasavvuf atamalari” izohli lug‘atini tayyorlashda, shuningdek, Malaka oshirish markazida otinoyilar uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soxa xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirdar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning
2022 yil 26 oktyabrdagi 02-06/8276-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari, taklif va tavsiyalardan diniy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda keng foydalanilgan.