Sultanmuratova Guli Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Metabolik sindrom bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kontratsepsiya usulini tanlashni jadallashtirish ”, 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD /Tib1124.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Metabolik sindromli reproduktiv yoshdagi ayollarda uglevod, lipid metabolizmi holatini va gormonal funksiyani o‘rganish, tekshirish va xavfsiz kontratsepsiya usulini tanlash algoritmlarini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv yoshdagi ortiqcha vaznli ayollarda ovqatlanish tartibining buzilganligi, karbonsuvlar miqdorining kunlik ratsionda keskin ortishi, reproduktiv yo‘qotishlar, turli darajadagi siqilishlar, turli xil gormonal dori vositalarning qo‘llanilishi, turli darajadagi homiladorlar ko‘ngil aynishi va qusishi metabolik sindrom rivojlanishining xavf omillari ekanligi isbotlangan;
birinchi marotaba metabolik sindrom homiladorlik davrida rivojlangan barcha ayollarda, bazal insulin darajasining oshishi tufayli, NOMA indeksi 3,28 dan 22,2 gacha bo‘lgan chegaradan oshganligi, emizish davri tugagandan keyin metforminni qo‘llash periferik reseptorlarning insulinga sezgirligini oshirish va glyukozani parchalash orqali samara berganligi isbotlangan;
metabolik sindromga xos bo‘lgan lipid spektrining yuqori, past va juda past darajada o‘zgarishi, metabolik sindrom ilk marta homiladorlik davrida rivojlangan ayollarda drospirenonli kombinatsiyalangan oral kontratseptivlarni (KOK) qabul qilish umumiy xolesterin me’yoriy darajada saqlangan holda, aterogen past va juda past zichlikdagi lipoproteidlarni pasayishi va antiaterogen yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning ko‘payishi aterogenlik koeffisientiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
metabolik sindrom bo‘lgan ayollarda drospirenonli gormonal kontratseptivlarning lipid va uglevod almashinuvi, gormonal holatga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kontratsepsiya usulini tanlashni jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metabolik sindrom mavjud bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kontratsepsiya usulini tanlashni jadallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Metabolik sindrom bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kontratsepsiya usulini tanlashni jadallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 iyuldagi 8n–r/807–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida amaliyot shifokorlariga metabolik sindromga chalingan ayollarga gormonal kontratsepsiyani buyurish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni tashxislash, birlamchi tibbiy bo‘g‘im va ayollar maslahat xonasi darajasida amaliy ginekologiyaga joriy qilish orqali muhim amaliy muammoni hal qilish, metabolik sindromli ayollarda kontratsepsiyaning xavfsiz usulini tanlash yo‘li bilan ayollar hayot sifati darajasini oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan;
metabolik sindrom bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kontratsepsiya usulini tanlashni jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinika va Respublika axoli reproduktiv salomatlik markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabr`dagi 8n–r/565–son 1-xulosasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi metabolik sindrom mavjud ayollarda xavfsiz gormonal kontratseptiv vositasini tanlashda metobolik sindrom rivojlanishining davomiyligi, somatik va akusherlik anamnezi, shuningdek, uglevod va lipid almashinuvini baholash, xavfsiz kontratseptivlar tarkibida drospirenon bo‘lgan dorilar bo‘lib, ular antimineralokortikoid ta’sirda tana massa indeksini barqarorlashtirishga yordam berishi orqali ayollar salomatlik holatini yaxshilash imkonini bergan.