Baxramova Shaxnoza Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlikda gipertenziv holatni bashorat qilish va trombolitik asoratlarning oldini olishda antifosfolipid sindromning ahamiyati» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib.2346.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Gestatsion gipertenziya rivojlanishini bashorat qilish va trombolitik asoratlarni oldini olishda antifosfolipid sindromning ahamiyatini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AFS aniqlangan gestatsion gipertenziyali homiladorlarning qon zardobida IgG/IgM anti-kardiolipin va IgG/IgM anti-beta-2-glikoprotein kasallikning klinik shakllari va gemostaz tizim bilan taqqoslanib o‘zaro bog‘liqligi asoslanagan;
ilk bor F2 genining G/A polimorfizmining A Alleli va geterozigota genotipi bilan birga kelishi molekulyar-genetik jihatdan AFS sindromi rivojlanish xavfini bashoratlovchi markyori ekanligi aniqlangan;
ilk bor AFSli homiladorlarda gemostaz tizimidagi birlamchi surunkali DVS-sindromiga xos bo‘lgan erta o‘zgarishlar ortofenantrolin testining oshishi, euglobulin fibrinolizi vaqtining, AQTV va trombotsitlar miqdorining pasayishi kabi o‘zgarishlar gipertenziyali homiladorlarda ona va homiladagi trombolitik asoratlarining tashxislash asoslanagan;
ishlab chiqilgan «bashorat xaritasi» tahlili shuni ko‘rsatadiki, AFA aniqlangan gestatsion gipertenziyasi mavjud ayollarda normallashgan integrirlashgan xavf omili ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, trombolitik asoratlar (akusherlik asoratlar 1,5 marta) va perinatal patalogiyalar ( 1,5-2 marta) oshishi, ushbu kasallikning xavf omili yuqori bo‘lganligi tufayli nomaqbul bashorat belgisi sifatida qabul qilinishi mumkinligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gestatsion gipertenziyali antifosfolipid sindromi kuzatilgan homiladorlarda trombolitik asoratlarni oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
gestatsion gipertenziya bilan og‘rigan antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda trombolitik asoratlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Gestatsion gipertenziya bilan og‘rigan antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda trombolitik asoratlarini bashorat qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta akusherlik asoratlarni bashorat qilish, gestatsion gipertenziya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan trombofilik asoratlarni oldini olishga qaratilgan o‘z vaqtidagi davolashda yangi innovatsion usullardan foydalanish haqida ma’lumotlar berish imkonini yaratgan;
homiladorlikda gipertenziv holatni bashorat qilish va trombolitik asoratlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq komleksi, Buxoro va Peshku tuman tibbiyot birlashmalari homiladorlik patalogiyasi bo‘limlari amaliyotida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8n-d/210 son ma’lumotnomasi) Amaliyotga tadbiq etilgan ilmiy natijalar homilador ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni takomillashtirish, erta tashxislashni yo‘lga qo‘yish hamda asoratlarni oldini olish imkoniyatini yaratgan.